O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
makroiqtisodiyot

Tayanch so’z va iboralar: 
pulga bo’lgan talab, bitimlar uchun pulga talab
aktivlar uchun pulga talab, pul agregatlari, tor ma’nodagi pullar, keng ma’nodagi 
pullar, transaktsion sabab, ehtiyotkorlik sababi, chayqovchilik sababi, Baumol-
Tobin modeli. 
Nazorat savollari 
1. Pulga bo’lgan talab deganda nimani tushunasiz? 
2. Bitimlar uchun pulga talab nimani bildiradi? 
3. Aktivlar uchun pulga talab qanday? 
4. Pulga bo’lgan umumiy talab qanday aniqlanadi? 
5. Pulga talab bildirishning transaktsion sababini tushuntiring. 
6. Pulga talab bildirishning ehtiyotkorlik sababi nimadan iborat? 
7. Pulga talab bildirishda chayqovchilik sababini qanday izohlash mumkin? 
8. Baumol-Tobin modelining mohiyati nimada? 


85 
IX BOB. PUL TAKLIFI. PUL BOZORIDA MUVOZANAT 
 
9.1
.
 Pul taklifi va pul multiplikatori 
Bank tizimidan tashqaridagi barcha mavjud naqd pullar va xo’jalik sub’ektlari 
tomonidan bitimlar tuzish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan depozitlar pul taklifi 
deb ataladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin: 
M =S+ D 
bunda,
M – pul taklifi; 
S – aholi qo’lidagi naqd pullar; 
D – bank tizimi joriy hisoblaridagi mablag’lar. 
Aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda davlat pul chiqarishga monopol huquqqa 
ega, shuning uchun u butun pul massasi miqdorini tartibga solib turadi, ya’ni pul 
siyosatini olib boradi. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa – 
Markaziy bank ixtiyorida, shu bilan birga, pul taklifini ko’paytirishga yoki “pul 
yaratish” qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov 
vositalarini emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, 
A bankning depoziti 2000 ga o’sgan bo’lsa, rezerv normasi 20 foizga teng 
bo’lganda, u 400 ni o’zida qoldirib, qolgan 1600 ni qarzga beradi. Shunday qilib, 
A bank pul taklifini 1600ga ko’paytiradi va u endi 2000 + 1600 = 3600 ni tashkil 
etadi. Ya’ni omonatchilarni depozitlardagi 2000 dan tashqari, yana 1600 qarz 
oluvchilarning qo’llarida qoladi. Agar bu 1600 birlik mablag’lar yana bankga 
tushsa (masalan, B bankga), unda 20 foizga teng bo’lgan rezerv normasida u 320 ni 
qoldirib, 1280 ni kreditga beradi hamda shu miqdorga pul taklifini oshiradi. Kredit 
berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi va 
pirovard natijada jami pul taklifi quyidagicha aniqlanadi: 
Dastlabki omonat = 2000 
A bankning ssudasi = (1-0,2) x 2000 = 1600 
B bankning ssudasi = (1-0,2) x (1-0,2) x 2000 = 1280 
Jami pul taklifi = 1/0,2 x 2000 =10000 


86 
Bu formulani quyidagi ko’rinishida yozish mumkin: 
M = 1/rr x D 
bunda, M – jami pul taklifi; 
rr – bank rezerv normasi; 
D – dastlabki omonat. 
Keltirilgan formuladan ko’rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsientiga 
bog’liq bo’lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori deb 
ataladi. U ushbu bank rezervlar normasida ortiqcha rezervlarning bir pul birligi 
bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarning eng ko’p miqdorini 
bildiradi. 
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblaridagi mablag’lardan, balki aholi 
qo’lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Shuning uchun pul taklifining 
umumiy modeli pullarni bank depozitlaridan naqd pulga mumkin bo’lgan oqib 
o’tishini hisobga olib tuziladi. Naqd pullarni miqdorini omonatlar hajmi bilan 
bog’liqligini deponentlash koeffitsienti sr ifodalaydi. Bu koeffitsientni va bank 
multiplikatorini qo’llab pulning umumiy taklifini aniqlash mumkin. 
sr + 1 
Ms = ------------ x V 
sr + rr 
bunda, M –pulning umumiy taklifi; 
sr – S/D teng bo’lgan deponentlash koeffitsienti. U pul mablag’larni 
naqd pulga va omonatlarga taqsimlanishini aholi tomonidan maqbulligini bildiradi; 
rr – R/D teng bo’lgan bank rezervlari normasi 
V = S +R ga teng bo’lgan pul bazasi yoki quvvati kuchaytirilgan 
pullar, ya’ni naqd pullar va bank rezervlari yig’indisi. 
Yuqoridagi sr + 1/sr + rr ifodani pul multiplikatori deb ataladai va odatda m 
bilan belgilanadi. Bu holatda pulning umumiy taklifi quyidagicha aniqlanadi: Ms = 
µ
b
x V. 
Markaziy bank bevosita pul bazasi ustidan nazorat qiladi va uning miqdoriga 
ta’sir ko’rsata borib, mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni hamda milliy iqtisod 


87 
rivojlanishini o’zgartiradi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin