O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
makroiqtisodiyot

Tayanch so’z va iboralar: 
tovar va
 
xizmatlar bozori,
 
rejalashtirilgan 
xarajatlar, haqiqiy xarajatlar, muvozanat, Keyns xochi, qisqa muddatli muvozanat, 
tovar moddiy zahirasi. 


78 
Nazorat savollari 
1.Tovar va xizmatlar bozoridagi muvozanat deganda nima tushuniladi? 
2.Rejalashtirilgan xarajatlar va daromad tengligini qanday izohlash mumkin? 
3. Nima uchun haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi? 
4.Rejalashtirilayotgan xarajatlar funktsiyasi qanday ko’rinishga ega? 
5. Tovar moddiy zahiralari qanday vaziyatda yaratiladi? 
6. Keyns xochi tovar va xizmatlar bozoridagi qanday holatni tahlil etishda 
qo’llaniladi? 
7. Investitsiyalar funktsiyasi va keyns xochi asosida qanday bog’liqlik o’rnatiladi? 
 
 
Mavzuga oid masalalar 
1. Mamlakat aholisi ixtiyoridagi daromadning 20%i jamg’ariladi, avtonom 
iste’mol: a = 200. Narxlar darajasi va ish haqining nominal stavkasi o’zgarmaydi. 
Investitsiyaga talab I = 200, davlat xaridlari G = 800, real milliy daromad Y = 
3000. Soliqlar hajmi daromad darajasiga bog’liq emas. 
Agar davlat xarajatlari 50 birlikka oshsa - da soliqlar hajmi o’zgarmasa, real 
milliy daromad qanchaga o’zgaradi. 
* * *
2. Real daromadning darajasi Y = 4000, Iste’molga bo’lgan chekli moyillik 
MPS = 0,8, potentsial daromad Y* = 4200. Mamlakat iqtisodiyoti to’la bandlik 
sharoitidagi daromadga erishishi uchun hukumat soliq tushumlarini qanchaga 
o’zgartirishi kerak. 
* * *
3. Iqtisodiyot modeli quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi: 
Iste’mol funktsiyasining ko’rinishi C = 800 + 0,9 (Y - T), davlat xarajatlari 
G = 500, investitsiya hajmi I = 360, soliqlar hajmi T = 400. 
1) 
Muvozanatli YaIMni aniqlang; 
2) 
Davlat xarajatlari va soliq multiplikatorlarini aniqlang; 


79 
3) 
Agar potentsial YaIM = 15000 teng bo’lsa, unga erishish uchun 
hukumat davlat xarajatlarini qanchaga o’zgartirish kerak? 
* * *
4. 
O’tgan yilda iqtisodiyotda YaIM = 1000, G = 100 tashkil etdi. 
Mamlakat hukumati o’z xarajatlarini 50ga oshirib, YaIMni 200ga o’sishiga 
erishishdi va ikki yil davomida davlat byudjetining kamomadi 0ga teng bo’lgan. 
Iste’molga bo’lgan cheklangan moyillikni aniqlang. 
5. 
2012 yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 
2013 yilda esa bu ko’rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo’lgan. Agar soliqlar 
solinmasa va davlat xarajatlari 100 ga teng bo’lsa, iste’mol va jamg’arma 
funktsiyalarining ko’rinishi qanday bo’ladi? Daromadni aniqlang. 
* * *
6. 
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan. 
Y=S+I 
S=100+0,8Y 
I=50 
Bu erda U-daromad, S-iste’mol, I-investitsiyalar 
Quyidagilarni aniqlang: 
a) daromadning muvozanatli darajasi 
b) jamg’arma va iste’molning muvozanatli darajasi 
v) ishlab chiqarish darajasi 800 ga teng bo’lganda mahsulot zahiralarini 
rejalashtirilmagan o’sishi qanday bo’lishini 
* * *
7. 2012 yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 2013 
yilda esa bu ko’rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo’lgan. Avtonom soliqlar hajmi - 
120, davlat xarajatlari 100ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy 
ishsizlikdan 2% oshgan, davriy ishsizlikning YaIM o’zgarishiga ta’sirchanlik 
koeffitsienti 3ga teng. Avtonom xarajatlar hajmini, muvozanatli va potentsial 


80 
YaIM, inflyatsion (retsession) uzilishni hamda bu uzilishni bartaraf qilish uchun 
davlat xarajatlarini qanchaga oshirish kerakligini aniqlang. 
* * *
8. Yopiq iqtisodiyotda soliqning 20 mlrd. dollarga o’sishi va bu bilan bog’liq 
jami talabning qisqarishi sof ichki mahsulot (SIM)ni 60 mlrd. dollarga pasayishiga 
olib keldi. SIM miqdori investitsiyaga va soliq darajalariga ta’sir etmaydi. 
Xarajatlar multiplikatori miqdorini aniqlang. 
* * *
9. O’tgan yilda YaIM 1000, davlat xarajatlari 100ga teng bo’lgan. hukumat 
davlat xarajatlarini 50ga oshirishi bilan YaIM ning 200ga o’sishiga erishdi. 
Iste’molga bo’lgan cheklangan moyillik miqdorini aniqlang. 
* * *
10. Iste’mol funktsiyasi berilgan: C = 90 + 0,85Y. Agar uy xo’jaliklari 
daromadi 350ga teng bo’lsa, jamg’arma hajmini aniqlang. 
* * *
11. Iste’mol funktsiyasi quyidagicha: C = 60 + 0,8Y. Avtonom 
investitsiyalar hajmi - 50, davlat xarajatlari - 20. quyidagilarni aniqlang: 
a) 
ushbu iqtisodiyot uchun muvozanatli daromad darajasini; 
b) 
multiplikator miqdorini; 
c) 
davlat xarajatlari oshgan holda G = 30 muvozanatli daromad 
darajasini. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin