O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110
makroiqtisodiyot

8.2.Pulga bo’lgan talab
Pul insonlarga o’zlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish va jamg’arish 
uchun kerak. Shu sababli pulga bo’lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga 
talabdan va moliyaviy aktivlar uchun pulga talabdan iborat. 
Bitimlar uchun pulga talab – bu aholiga va korxona, firmalarga tovar hamda 
xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bo’lgan pul miqdoridir. U nominal YaIMni 
o’sishi bilan oshib boradi va pulning muomala vositasi vazifasini bajarishi bilan 
bog’liq. Nominal YaIM qancha ko’p bo’lsa, oldi – sotdi jaryoniga xizmat qilish 
uchun shuncha ko’p pul kerak bo’ladi. 
Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab pulning jamg’arish vositasi 
sifatidagi funktsiyasiga asoslangan, ya’ni odamlar o’zlarining moliyaviy aktivlarni 
aktsiyalar, obligatsiyalar, bankdagi omonatlari ko’rinishida qo’llarida tutib turadi. 
Jamg’arish zaruriyati ham pulga bo’lgan talabni shakllantiradi. 
Pulga bo’lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi 
bahosiga nisbatan teskari bog’liqlikda bo’ladi. Foiz stavkasi qanchalik yuqori 


83 
bo’lsa, pulga bo’lgan talab shuncha past bo’ladi va aksincha, foiz stavkasini 
pasayishi bilan pulga bo’lgan talab oshadi. 
Chizmadagi D
m
chizig’i foiz stavkasining xar bir mumkin bo’lgan miqdorida 
odamlar bitimlar va jamg’armalar uchun istagan pulning umumiy miqdorini 
ko’rsatadi. 

D
m
0
Pulga bo’lgan talab
M
19-chizma. Foiz stavkasi va pulga bo’lgan talab o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik 
 
8.3. Pulga bo’lgan talabning keynscha nazariyasi 
Keyns iqtisodiy agentlar pulni ushlab turishlariga nima sabab bo’lishini 
o’rganish asosida pulga talab bildirishdagi uchta sababni, ya’ni transaktsion, 
ehtiyotkorlik va chayqovchilik sabablarini ajratadi. 
Pulga talab bildirishning transaktsion sababi iqtisodiy agent kundalik 
transaktsiyalar, ya’ni bitimlarni amalga oshirish uchun qo’lida qancha pul ushlab 
turishni hohlashini ko’rsatadi. Pulga talab bildirish transaktsion sababining eng 
sodda formulasi quyidagi ko’rinishga ega: 
M
d =
kPY 
Bu erda M
d
- pulga bo’lgan transaktsion talab, k- pulning aylanish tezligiga 
teskari proportsional bo’lgan kembridj koeffitsienti, P- narx darajasi, Y-daromad. 
Shunga muvofiq ravishda transaktsion talabning real miqdorini quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
M
d
/P= kY 
Ehtiyotkorlik sababi bo’yicha pulga talab qo’zda tutilmagan holatlar uchun 
iqtisodiy agentlar qanday miqdordagi pullarni ushlab turishni hohlashini bildiradi. 


84 
Keltirilgan ikkisabab o’rtasidagi farq shundaki, transaktsion sabab rejalashtirilgan, 
ehtiyotkorlik sababi esa ko’zda tutilmagan xarajatlar bilan bog’liq. 
Chayqovchilik sababi bo’yicha pulga talab turli foiz stavkalarida uy 
xo’jaliklari qanday miqdordagi pullarni ushlab turishini hohlashini anglatadi. Foiz 
stavkalari o’rtasidagi farq unchalik katta bo’lmaganda chayqovchilik sababi 
bo’yicha pulga talabni quyidagi chiziqli funktsiya ko’rinishida ifoda etish mumkin: 
M

= M

(i
max
- i
min

Baumol-Tobin modeli har bir davr boshlanishida daromad uy xo’jaliklariga 
naqd emas, balki depozitga kafolatlangan foizli daromad bilan o’tkazilishini 
ko’zda tutadi. Shuning uchun pulni naqd olish uchun uy xo’jaliklari konvertirlash 
bo’yicha xarajatlarni va omonat miqdoridan olinadigan omonatga foizli daromadni 
yo’qotishni minimallashtirishi lozim. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin