O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110
makroiqtisodiyot

Majburiy rezervlar.
Majburiy rezerv talablari tijorat banklarining kredit 
resurslari miqdoriga ta’sir ko’rsatish orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga 
solishda pul-kredit siyosatining muhim instrumentlaridan biri sifatida 
qo’llanilmoqda. 
Xususan, 2013 yil davomida inflyatsiya va pul massasining belgilangan 
prognoz ko’rsatkichlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli 
resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida diversifikatsiyalangan majburiy 
rezerv normalari qo’llanilib, tijorat banklari tomonidan jalb qilingan yuridik 
shaxslarning talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bo’lgan muddatli depozitlari 
uchun – 15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan depozitlar uchun – 12 foiz, 3 yildan 
ortiq bo’lgan depozitlar uchun – 10,5 foiz miqdorida o’zgartirilmasdan qoldirildi. 
2013 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 
463,1 mlrd. so’mga yoki yil boshiga nisbatan 25,2 foizga ko’paydi. 
O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi 
hisobvarag’iga qo’shimcha ravishda 1,2 mlrd. dollar miqdoridagi mablag’lar 
yo’naltirilishi pul massasining belgilangan prognoz ko’rsatkichidan ortiqcha 
o’sishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini 
ta’minlashga xizmat qildi. 
Shuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi
 
instrumentidan 
ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o’sish 
jarayonlarini rag’batlantirish maqsadida foydalanildi. 
Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining, iqtisodiyotning kredit resurslariga 
bo’lgan talabini etarli darajada qondirish va boshqa makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlarning 2013 yilga belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib


128 
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2013 yil mobaynida yillik 12 foiz 
miqdorida saqlab turildi. 
Qayta moliyalash stavkasini shu holatda ushlab turilishi pul bozorida 
moliyaviy resurslarga bo’lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real 
sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni 
kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklari resurs 
bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin