130
XIII BOB. IS-LM MODELI
13.1. Makroiktisodiy muvozanat va unga erishish yo’llari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy muvozanatga
erishishning roli
va ahamiyati benihoya kattadir. Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat
iktisodiyotining to’g’ri yoki noto’g’ri yo’ldan borayotganligini ko’rsatuvchi
omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki, iqtisodiyotda bo’layotgan
doimiy
o’zgarishlar xar qanday mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib
yuborishi mumkin.
Iqtisodiy tizimlardagi og’ish tovarlar va xizmatlar taqchilligini yoki ortiqcha
ishlab
chiqarilganligini, inflyatsiya, ishsizlik va shunga o’xshash
boshqa salbiy
hodisalar sifatida namoyon bo’ladi. Ular iqtisodiyot samaradorligining pasayishiga
va aholi turmush tarzini tushib ketishiga olib keladi. Shu sababli ham iqtisodiy
muvozanat muammolarini tadqiq qilish eng muhim vazifalardan biri bo’lib
hisoblanadi.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga
erishish shartlari va
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib
tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - LM modeli birinchi marta
1937 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy
kontseptsiyasini izohlash
uchun taklif etildi hamda 1949 yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal
siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so’ng keng yoyildi. Shu sababli bu model
Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi.
IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida
birgalikda muvozanat o’rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi.
Bunda tovarlar
bozori deganda ham iste’mol, ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: