O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110
makroiqtisodiyot

14.3.Xarrod-Domar modeli 
Uzoq muddatli iqtisodiy o’sishni asoslash uchun Keynsning asosiy 
makroiqtisodiy modelini rivojlantirishga birinchi urinish Roy Xarrod va Evsey 
Domarlar tomonidan amalga oshirilgan. Bu modellar o’rtasida unchalik katta farq 
bo’lmaganligi sababli ham Xarrod-Domar modeli deb yuritiladi. 
Modelda ko’zda tutilgan asosiy faraz milliy daromadni kapital miqdoriga 
proportsionalligi hisoblanadi: 
Y= ϭK 
Bu erda, Y-milliy daromad, K- milliy daromadni yaratish uchun foydalanilgan 
kapital miqdori, ϭ-kapital qaytimi koeffitsienti.
Ushbu formuladan foydalanib ϭ-kapital qaytimi koeffitsientini aniqlashimiz 
mumkin: 
ϭ= Y / K 
Kapital qaytimi koeffitsienti yoki kapitalning o’rtacha unumdorligi birlik 
kapital hisobiga yaratiladigan daromad miqdorini ko’rsatadi. 
Δ Y = ϭ x ΔK 


145 
Daromadning qo’shimcha o’sishi kapital qo’shimcha o’sishiga teng.
Agar kapital qo’shimcha o’sishini investitsiyalar sifatida qarasak, ya’ni ΔK=I, 
unda ifoda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: 
ΔY= ϭ x I 
Endi iqtisodiyotda jamg’arish me’yori (S
y
) doimiy miqdor hisoblanadi, 
jamg’armalar esa investitsiyalarga teng deb faraz qilsak, unda 
S= I= S
y
xY 
I= ΔY/ ϭ bo’lgani uchun ΔY/ ϭ= S
y
xY bo’ladi. Endi so’nggi tenglamada ϭ ni 
o’ng tomonga o’tkazib, ikkala tomonni Y ga bo’lish orqali Xarrod-Domar 
modelining yakuniy formulsini olamiz. 
ΔY/Y= ϭ x S

ΔY/Y nisbat kapitalning to’liq bandligidagi daromad qo’shimcha o’sishini 
o’zida aks ettiradi. Ushbu formulaga muvofiq aniqlanadigan o’sish sur’atini 
Xarrod “kafolatlangan” deb atadi, chunki u mavjud quvvatlarning, mazkur holda 
kapitalning to’liq ishlatilishini kafolatlaydi.
O’sish sur’atining “kafolatlangan” tushunchasi bilan bir qatorda Xarrod 
“tabiiy” o’sish sur’ati tushunchasini kiritdi. “Tabiiy” o’sish sur’ati deganda Xarrod 
faol aholining o’sishi va texnika taraqqiyoti imkon beradigan maksimal o’sishi 
kapital va milliy daromadning shunday o’sish sur’atini ta’minlaydiki, unda kapitpl 
va mehnatning to’la bandligiga erishiladi. Biroq, ushbu modelda texnika 
taraqqiyoti quyidagi nisbatlarni, ya’ni K/Y va ΔK/ ΔY o’zgartirmaydi: 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin