14.4.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va davlat siyosati
Respublikamizda fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanishni ta’minlash
maqsadida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish va
natijalarni ishlab chiqarishga zudlik bilan qo’llash maqsadida yirik-yirik loyihalar
ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari respublika ta’lim tizimida keskin yangiliklar qilinmoqda.
Ya’ni, respublikada ko’p bosqichli «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul
146
qilindi. Ushbu dasturga asosan yoshlarni xalqaro talablarga javob beradigan
darajada o’qitishni ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy o’sishga mamlakatning soliq tizimi ham sezilarli ta’sir qiladi.
Soliqqa tortish stavkalarini kamaytirish va amortizatsiya ajratmalari me’yorining
o’sish tomon o’zgarishi investitsiyalar hajmini ko’paytiradi va shu orqali iqtisodiy
o’sishni rag’batlantiradi.
Umuman, ijtimoiy va ekologik muammolar kuchaygan deyarli barcha
mamlakatlarda iqtisodiy o’sishga eng avvalo aholi farovonligini ta’minlashning
sharti sifatida qaralmoqda. Chunki, iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash zarurligi
sababli rivojlangan mamlakatlarda amal qilgan iqtisodiy o’sishning miqdoriy
nazariyasi o’z o’rnini iqtisodiy o’sishning sifat nazariyasiga bo’shatib berdi. Uning
asosiy mohiyati kslajak avlodlar ehtiyojini va aholining kambag’al qatlamlari
ehtiyojini hisobga olishdadir.
Davlat siyosati iqtisodiy o’sishning quyidagi muammolarini hal etishga
yo’naltirilgan:
• iste’mol darajasi yuqori bo’lgan, iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlashga
qaratilgan omonat jamg’arish me’yorlarini tanlash;
• aholi o’sishini tartibga solish;
• fan-texnika taraqqiyotining ekologik jihatdan xavfsiz yutuqlarini joriy etish va
mehnat unumdorligini oshirish.
Iqtisodiy o’sishning ijtimoiy yo’naltirilganligi kuchayib borishi bilan iqtisodiy
nazariya va amaliyotda xalq farovonligi tushunchasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining eng muhim mezonlari sifatida yanada aniqlashmokda va
kengaytirilmoqda.
Agarda ilgarilari uni moddiy ta’minlanganlikning miqdoriy ko’rsatkichlari aks
ettirgan bo’lsa, hozirda birinchi o’ringa o’rtacha umr ko’rish, o’lim darajasi, shu
jumladan, bolalar o’limi, ishsizlik darajasi, daromadlar tengsizligi, ta’lim darajasi,
atrof-muhitning ifloslanishi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlar qo’yilmotsda. Ya’ni,
iqtisodiy o’sish shaxsning rivojlanib borishi uchun sharoit yaratib bsrishi lozim.
147
2013 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi
8,0
foizga o’sdi.
Yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tizimli
va islohotlarning izchil amalga oshirilishi hisobiga erishilmoqda. Xususan,
– tashqi va ichki bozor talablari asosida iqtisodiyotni chuqur tarkibiy
o’zgartirish va diversifikatsiyalash jarayonlarining izchil amalga oshirilayotganligi;
– ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan
yangilashni jadallashtirish, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal
rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish;
– bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish,
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash
hamda ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan
dasturiy vazifalarning o’z vaqtida bajarilayotganligi;
– ichki talabni aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlash
hisobiga rag’batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama
qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
– qishloq xo’jaligini isloh etish bo’yicha chora-tadbirlarning amalga
oshirilishi, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik
shakllarini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo’llab-quvvatlash uchun huquqiy,
tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarning yaratib berilishi, qishloq xo’jaligida
ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish ko’lamining kengaytirilishi;
– respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va moliyaviy
barqarorligini mustahkamlash, uning faoliyatini zamonaviy talablar asosida
takomillashtirish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o’sishiga zamin yaratmoqda.
2013 yilda mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida mahsulot ishlab
chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmlarining yuqori sur’atlarda o’sishi kuzatildi.
148
Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2012 yilga
nisbatan 8,8 foizga oshdi. Sanoatda yuqori o’sish sur’atlari yuqori texnologiyalarga
asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash (o’sish sur’ati 21 foiz), engil
sanoat (13 foiz), qurilish materiallari (13,6 foiz) hamda oziq-ovqat (9 foiz) sanoati
tarmoqlarida kuzatildi.
2013 yilda qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2012 yilga
nisbatan 6,8 foizga oshdi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish
6,4 foizga, chorvachilik mahsulotlarini etishtirish esa 7,4 foizga oshdi.
2013 yilda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 13,5
foizga o’sib, uning YaIM
tarkibidagi ulushi 53,0 foizni tashkil etdi.
Jumladan, yuqori o’sish sur’atlari kompyuter dasturlash (30,4 foiz), moliyaviy
xizmatlar (29,3 foiz), sog’liqni saqlash (27,2 foiz), qurilish (25,4 foiz), maishiy
xizmatlar (23,2 foiz), aloqa va axborotlashtirish (21,9 foiz), qishloq xo’jaligining
texnik vositalarini ta’mirlash (18,2 foiz) hamda savdo va umumiy ovqatlanish
(16,6 foiz) xizmatlarini ko’rsatish sohalarida kuzatildi.
4-jadval
Dostları ilə paylaş: |