140
XIV BOB. IQTISODIY O’SISHNING UMUMIY TAVSIFI VA
NEOKEYNSCHA MODELLARI
14.1. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi
Iqtisodiy o’sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo’lib, aholining o’sishi, FTT,
ishlab chiqarish hajmining ma’lum bir vaqt davomida o’sishi kabi jarayonlar bilan
bog’langan. Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini
yoki boshqacha
aytganimizda, potentsial YaMM hajmining oshishini bildiradi. Shunday qilib,
iqtisodiy o’sish nafaqat ishlab chiqarishning o’sishini, balki iqtisodiyot
potentsialining o’sishini ham bildiradi.
28-chizma. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari
Iqtisodiy o’sishda nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek,
jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishi ham tushuniladi.
Iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan aniqlanadi va o’lchanadi.
MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNING
ASOSIY BELGILARI
Iqtisodiy o’sish
To’la bandlik
Ichki narxlarning
barqarorligi
Baquvvat to’lov
balansi
Xorijiy valyutalar almashuv
kursining barqarorligi
Davlat byudjeti
kamomadining YaIMga
nisbatan 3% dan ortib
ketmasligi
Daromadlar taqsimlanishi
muammosi
141
Birinchi usul, YaIM (SIM)ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi
va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun
ishlatiladi.
Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning o’tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga
o’zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sishni aniqlash va asoslab berish jarayonlarida quyidagilarga
e’tibor berish kerak:
1) Iqtisodiy o’sishni o’lchash;
2) O’sish omillari;
3) Iqtisodiy o’sish modellari.
Milliy iqtisodiyot o’sishini o’lchashda jami daromadlarning (mahsulotlarning)
har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy o’sish darajasi aslida YaIM
miqdori bilan belgilanadi. Shuningdek, bu ko’rsatkichlar miqdori va bajarayotgan
vazifasiga qarab YaIM yoki MD ham bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarning
barchasi bir-biriga juda ham yaqin. YaMD YaIM
kabi ushbu mamlakat aholisi
olayotgan daromadlar miqdorini ko’rsatadi. Shuning uchun ham undan aholi jon
boshiga to’g’ri keladigan daromadlar dinamikasi va darajasini aniqlayotganda
foydalanish mumkin. Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida umumiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning farqi unchalik katta ahamiyatga ega emas.
Chunki, ularning farqi iqtisodiy o’sish chegarasi va omillari o’sish darajasini tahlil
qilishda hal qiluvchi jarayon hisoblanmaydi.
Iqtisodiy o’sish nazariyasida daromadlar iste’mol
va investitsiyalarga
bo’linadi.
Y = S + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko’rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar
tarkibiga kiritib yuboriladi.
Mutlaq miqdordagi ko’rsatkichlar dinamikasi Y ( t -vaqt indeksi) va jon
boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlar birgalikda o’sish jarayonini bildiradi.
Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini
142
bildirsa, investitsiyalar esa resurs imkoniyatlarining o’sishi va texnik
yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste’mol va investitsiya o’rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki,
joriy
iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish
iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
O’sishning barcha imkoniyatlariga real miqdorlarga tayanilib, ya’ni, doimiy
narxlarda qaraladi. Aksincha, nominal ko’rsatkichda
ularning dinamikasi nafaqat
real o’sish darajasini, balki inflyatsiyani ham o’z ichiga olgan bo’lar edi.
Har bir ko’rsatkich bo’yicha uch xil miqdordagi dinamikani tahlil qilish
mumkin:
1. Absolyut ko’rsatkich: masalan, real ishlab chiqarish Y
t
;
2. Absolyut qo’shimcha o’sish: masalan, ishlab chiqarishning oshishi.
ΔY = Y
t
-Y
t-1
3. Qo’shimcha o’sish sur’ati =Y
t
-Y
t-1
/ Y
t-1
Iqtisodiy o’sish sur’atlari quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
a) bazis o’sish sur’ati =(Y
t
-Y
0
/ Y
0
) x 100
b) zanjirli o’sish sur’ati = (Y
t
-Y
t-1
/ Y
t-1
) x 100
Qo’shimcha o’sish sur’atlari esa:
a) bazisli qo’shimcha o’sish sur’ati==(Y
t
-Y
0
/ Y
0
) x 100- 100
b) zanjirli qo’shimcha o’sish sur’ati=(Y
t
-Y
t-1
/ Y
t-1
) x 100- 100
Har bir mamlakat iqtisodiy o’sishga intiladi, chunki iqtisodiy o’sish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko’payishiga, ikkinchidan,
rssurslardan
samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va
imkoniyatlarning paydo bo’lishiga, to’rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat
obro’sining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o’sish usullaridan to’g’ri va o’z o’rnida
foydalanish katta
ahamiyatga ega. Masalan, mamlakat harbiy salohiyatini aniqlash va rivojlantirish
muammosi qaralayotganda YaIM hajmining o’sishi, mamlakat aholisining turmush
faoliyati taqqoslanayotganda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlardan
143
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda iqtisodiy o’sishning ikki xil
ko’rinishi farqlanadi: haqiqiy va potentsial.
Haqiqiy iqtisodiy o’sish - bu statistika organlari tomonidan muntazam nashr
etiladigan YaIM yoki boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning haqiqiy yillik
ko’payishidir.
Potentsial iqtisodiy o’sish – bu iqtisodiyot o’sishi mumkin bo’lgan
tezlikdir.Potentsial iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi omillarbo’lib
quyidagilar
hisoblanadi:
- resurslarning ko’payishi;
- samaradorlikni oshishi.
Dostları ilə paylaş: