O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110
makroiqtisodiyot

Movut (dona) Vino(bir barrel) 
Portugaliya
90
100 
Angliya 80
120 
Yuqoridagi misoldan ko’rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi 
mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Ammo, D. Rikardo 
Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini 
yo’lga qo’yish ko’proq foyda olib kelishini ta’kidlaydi. Chunki, bir dona movutga 
nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy 
afzallikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, 
Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o’z 
navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish 
imkoniyatiga ega bo’ladi. O’zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda 
esa 8/9 donaga ega bo’lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino 
ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha 
bo’ladi. 
120 / 100 - 8 / 9 = 1,2 -0 ,(8 ) = 0,31 dona movut. 
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni movut 
ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o’rtasidagi farq vino ishlab 
chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish 
hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni 
Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o’zidagiga nisbatan 5/6 barrel) 
sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angli 
yaning yutug’i; 
9 / 8 - 5 / 6 = 7 / 2 4 = 0,29 barrel vino. 


165 
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib 
olgandagina xalqaro savdo foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel 
vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi. 
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag’batlantirib, quyidagi 
imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab 
chiqarishga ixtisoslashishguncha o’tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va 
mehnat xarajatlari sarflaydigan bo’ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham 
savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtirokida amalga oshishi hisobga 
olinmagan. Chunki, mamlakatlar o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 
valyutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera 
olgan. 
U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish 
sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to’lovlari o’zaro 
balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi o’zgarishlar hisobiga yoki 
biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o’zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. 
Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun: 
• mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o’rtasida emas, balki mamlakat ichida 
harakatchan bo’lishini; 
• transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga 
olinmasligini; 
• mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va 
tsxnologiyalarni qo’llash hamda ularni ko’p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda 
xarajatlardagi o’zgarishlar e’tiborga olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari 
yaratilishi lozim. 
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo 
narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo’llash mumkin. Chunonchi, bir barrel 
Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan 
narxdan (120) yuqori narxda sotmaslik ksrak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan 
Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak. 


166 
Mahsulotlar nari o’rtasidagi o’zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo 
sharti» (terms of trade) tushunchasi savdo shartini aniqlab olish uchun esa “savdo 
sharti indeksi” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali 
aniqlangan: 
T = P
x
/ P
m
Bu erda T- “savdo sharti”

P
x -
eksport narxlar indeksi, P

esa
import narxlar 
indeksi 
Indeksning o’sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining 
yaxshilanayotganligini ko’rsatadi. Ya’ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob 
qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi. 
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar narxi o’zgarishi hisobiga, 
unga bo’lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog’liq. Ayrim mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda 
bo’layotgan o’zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar. 
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning 
bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog’liq bo’ladi. 
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar 
iste’molidagi o’zgarishlarga qarab o’zgaradi. 
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to’g’risida 
ma’lumotlar bersada, ko’pgina kamchiliklardan holi emas. Ularning eng 
asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar 
miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi 
eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to’lov 
balansini yomonlashtiradi. 
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan eng 
asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish 
xarajatlariga bog’liq. 
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida er, kapital kabi 
omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor 


167 
narxi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning narxii foiz stavkalari ko’rinishida, 
erning narxi renta miqdorida aniqlangan. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin