O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110
makroiqtisodiyot

Kalkulyator 
larning narxi (bir 
dona uchun doll.) 
O’zbekistonda 
talab miqdori 
(ming dona) 
O’zbekistonda 
taklif miqdori 
(ming dona) 
Janubiy 
Koreyada 
talab 
miqdori 
(ming dona) 
Janubiy 
Koreyada 
taklif miqdori 
(ming dona) 

100 

80 
30 

80 
20 
50 
50 
10 
70 
40 
35 
65 
15 
60 
60 
20 
80 
20 
50 
70 
10 
90 


171 
25 
35 
85 

100 
30 
20 
100 

110 
* * *
6. O’zbekistonda ishchi bir kunda 6 metr shoyi yoki 1 kg yog’ ishlab 
chiqarishi mumkin. Qozog’istonda ishchi bir kunda 2 metr shoyi yoki 4 kg yog’ 
ishlab chiqarishi mumkin bo’lsa
a) ushbu mamlakatlarda savdo-sotiq amalga oshirilmaganda nisbiy narxlar 
qanday bo’ladi? 
b) savdo munosabatlari o’rnatilgach, mamlakatlar nimalarni olib chiqadi? 
v) mamlakatlar o’rtasida savdo munosabatlari o’rnatilgandan so’ng jahon 
narxlarini tebranish chegaralari qanday bo’lishi mumkin? 
 


172 
XVII BOB. TASHQI SAVDO SIYOSATI
 
17.1. Savdo siyosatining mohiyati va tashqi savdoni cheklash 
usullari 
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita 
aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko’rsatish orqali 
ichki ish bilan bandlilikni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy 
o’sishga erishish, to’lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish 
maqsadlarini ko’zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday 
tadbirlar tashqi savdo siyosati deb yuritiladi. Tashqi savdo siyosati — byudjet-soliq 
siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, import yoki eksportni 
to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan nisbatan 
mustaqil yo’nalishidir. 
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar qanday chora-tadbirlar 
qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy 
resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko’pgina 
mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini 
yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni 
cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga 
ko’proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi. 
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi 
mumkin bo’lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai 
nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi. 
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning 
ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman 
importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki 
rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif 
va notarif usullaridan foydalaniladi. 


173 
Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga 
eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash 
kabilar kiradi. 
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. 
Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga 
tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. O’z navbatida ular 
eng kam va eng ko’p miqdordagi import bojlariga bo’linadi. Eng kam miqdordagi 
import bojlari o’zaro qulay sharoitlarni yaratib berishni ko’zda tutuvchi savdo 
shartnomalari va bitimlari bo’lgan mamlakatlar mahsulotlariga o’rnataladi. Eng ko’p 
miqdordagi import bojlari esa bunday shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar 
mahsulotiga nisbatan o’rnatiladi. 
Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining 
oldini olish maqsadida belgilanadi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin