180
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar
yordamida joylashtiriladi.
1.
Ochiq auktsion — davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan
ishlab chiqaruvchilarga berishi.
2.
Afzal ko’rish tizimi — davlat birinchi navbatda
litsenziyalarni ishlab
chiqarish hajmi jihatdan yirik bo’lgan firma va kompaniyalarga hech qanday
shart va talablarsiz beradi.
3.
Xarajat usuli — davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga
va resurslarga ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni,
shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash
keng qo’llaniladi.
Bu usulning
mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro
tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar
va mamlakatlar guruhi
bo’yicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini
belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to’lov
balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda
o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda kvotalash xalq
iste’moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni
chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda.
Kvotalash faqat
mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini
tartibga solishda ham qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat
bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko’proq qo’llanilishiga ikkita
sabab bor:
1.
Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim
hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira
olmaydilar va
shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalashga
e’tiborni qaratishga majbur bo’ladi.
181
2.
Himoyaga
muhtoj
tarmoqlar
ham
importga
kvotalar
jo-
riy qilishni qo’llaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar
olish osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko’proq mos keladi. Quyidagi 3
chizmadan ko’rinib turibdiki, kvotalar joriy qilinishi natijasida umumiy
farovonlikdagi yo’qotishlar, tariflar kiritilganidagi singari «b» va «d»
sohalardan
iborat bo’lsa, «s» soha ruxsat etilgan importga ustama narxlarni ko’rsatadi va
aholidan litsenziya beruvchi tashkilotlarga beriladigan transfertni xarakterlaydi.
Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko’riladigan farovonlikdagi
yo’qotishlar ikki holatda katta bo’ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import
qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi
darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.
-
Dostları ilə paylaş: