O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


-chizma. Tashqi savdoda kvotalar qo’llanilishining iqtisodiy oqibatlari



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110
makroiqtisodiyot

32-chizma. Tashqi savdoda kvotalar qo’llanilishining iqtisodiy oqibatlari 
 
 
17.5. Eksport subsidiyalari va kompensatsion import bojlari 
Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri 
sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - 
konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita 
moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish 
ko’zda tutiladi. 


182 
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga: 
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; 
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida 
tekin axborot etkazib berish; 

firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq 
imtiyozlarini berish; 
- bevosita subsidiyalash kiradi. 
Amaliyotda 
eng 
ko’p 
subsidiya 
oluvchi 
tarmoq 
qishloq 
xo’jaligi hisoblanadi.
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi 
bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan 
kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin. 
Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga uchraydi, importyor davlat 
byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash 
ko’rinishlaridan biridir. Dempingga karshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng 
qo’llanilib, o’zida qo’shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon 
narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo’yicha, 
eksport qilinayotgan mahsulotlarga o’rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni 
xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so’ng chiqaradi 
xamda uning miqdorini va to’lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar 
o’z valyuta resurslarini to’ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini 
eksport qilishni ko’paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol 
qo’llanilmoqda. 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib, xorij 
mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga "ixtiyoriy" eksport miqdorlarini 
cheklashdan iborat. Bu erda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki, 
eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta 
noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. 
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 


183 
1.
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchui tarif va 
kvotalarni bslgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar 
ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va xukumatga norozilik bildirmaydilar. 
2.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular 
sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin. 
Shunday qilib, xorijliklar ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida 
eksportyor ko’rgan yo’qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin