O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


 . Xeksher — Olinning neoklassik kontseptsiyasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110
makroiqtisodiyot

 
16.3 . Xeksher — Olinning neoklassik kontseptsiyasi 
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi-
olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko’rsatish mumkin. 
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni 
tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, milliy 
ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, er, kapital va shuningdek, 
u yoki bu mahsulotga ichki iste’moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq. 
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan: 
1. Mamlakatlar o’zlarida ortiqcha bo’lgan ishlab chiqarish omilini ko’p talab 
qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o’zlarida taqchil bo’lgan 
ishlab chiqarish omillarini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar. 
2. Xalqaro savdo yo’lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli 
mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o’zgarishlar 
kuzatiladi. 
3. Mahsulotlar eksporti o’rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti 
egallaydi. 
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar 
miqdori o’rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo’lsa shu omil 
bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi. 
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko’rinishlarga 
ega. Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya’ni, «sanoatlashgan» va «agrar» 
mamlakat faoliyat ko’rsatmoqda. Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va 
ma’lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’ladi. Agrar mamlakatda esa 
ortiqcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron 
mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan 


168 
foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital 
ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakatlar aynan ushbu yo’nalishlarga 
ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan 
shug’ullanadigan mamlakatlarda ko’proq er resurslari kerak bo’ladi va ular shu 
yo’nalishga ixtisoslashgan bo’ladilar. 
Xeksher—Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda 
«Leontev paradoksi» yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. V.Leontev AQSh kapital 
ortiqcha bo’lgan mamlakat bo’lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan 
emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko’rsatib berdi. Ya’ni 
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi 
tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko’ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy 
ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarishida aynan shu omillar ko’proq 
foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo’lib chiqdi. 1948 yil amerikalik 
iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini 
takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdo-ishlab chiqarish 
omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga 
mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning xarakatchanligi kabi 
sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi. 
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson 
hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat 
mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar 
rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin