47
rasm). Berilgan nuqtalardan uchburchak tomonlariga perpendikulyar bo‗lgan
chiziqlar o‗tkaziladi. Har bir chiziqning uzunligi g, d yoki v koeffitsiyentlarga teng g
= d =v bo‗lgan nuqta uchburchakning markazida bo‗ladi va oq nurga mos keladi.
Shuni ham ta‘kidlab o‗tish kerakki, ba‘zi rang uchburchakning
ichidagi nuqta bilan
ham tasvirlanishi mumkin. Keyingi holda bu mos keluvchi rang koeffitsiyentining
manfiy qiymatiga mos keladi. Koeffitsiyentlar yig‗indisi uchburchakning
balandligiga teng bo‗ladi.
Maksvell asosiy ranglar sifatida quyidagi to‗lqin uzunligiga ega bo‗lgan
nurlardan foydalandi: 630, 528, 457 nm.
Hozirgi paytda RGB tizimi rasmiy standart bo‗lib hisoblanadi.
Yoritilganlik
bo‗yicha Xalqaro Komissiyaning – YoXK (CIE – Comision International Eclairage)
qaroriga ko‗ra 1931 yilda asosiy ranglar standartlashtirilib, ular R, G va B sifatida
foydalanilishi tavsiya etildi. Bular quyidagi to‗lqin uzunliklariga mos keluvchi R –
700 nm, G – 5461nm, B – 4358 nm monoxromatik ranglardir:
qizil rang filtr
o‗rnatilgan cho‗g‗lanma lampa yordamida olinadi. Sof yashil va ko‗k ranglarni olish
uchun simobli lampa qo‗llaniladi. Shuningdek, har bir asosiy rang uchun yorug‗lik
oqimining qiymati ham standartlashtirilgan.
RGB tizimi uchun yana bir muhim parametr – uch tashkil etuvchi qiymatining
bir xil miqdorda aralashuvidan hosil bo‗ladigan rangdir. Bu oq rangdir. R, G va B
tashkil etuvchilarni qo‗shib oq rang olish uchun mos manbalarning yorqinligi bir –
birlariga teng bo‗lmasdan, quyidagi nisbatda bo‗lishi kerak ekan:
L
R
: L
G
:L
B
= 1 : 4,5907 : 0,0601.
4 – rasm. Maksvell uch burchagi.
48
Agar ranglar hisobi bir xil yorqinlikdagi yorug‗lik manbalari uchun qilinadigan
bo‗lsa, unda yorqinlikning yuqorida ko‗rsatilgan
nisbatini unga mos keluvchi
masshtab koeffitsiyentlari bilan hisobiga olish mumkin.
5 – rasm. RGB ning uch o„lchamli koordinatalari.
Endi boshqa tomonlarini ko‗rib chiqamiz. Uch asosiy tashkil etuvchilarining
qo‗shilishidan hosil bo‗lgan rangni 3 – rasmda ifodalangan R, G
va B koordinatalar
sistemasidagi vektor bilan berish mumkin. Qora rangga koordinatalar markazi –
(0,0,0) nuqta mos keladi. Oq rang tashkil etuvchilarning teng miqdori bilan
ifodalanadi. Har bir o‗q bo‗yicha maksimal miqdorning kattaligi birga teng bo‗lsin.
Unda oq rang – (1,1,1) vektori bo‗ladi. Kubning diagonalida qoradan oqqa yo‗nalgan
chiziqqa joylashgan nuqtalar tashkil etuvchilarning teng qiymatlari – R
i
= G
i
= B
i
ga
mos keladi. Bu kul rangning gradatsiyalari bo‗lib, ularni turli yorqinlikdagi oq nur
deb hisoblash mumkin.
Umuman olganda, (r, g, b) vektorining barcha tashkil
etuvchilarini bir xil koeffitsiyent (I = 0…1) ga ko‗paytirsak, unda (kr, kg, kb) rang
saqlanib qoladi, faqat rangning yorqinligi o‗zgaradi. Shuning uchun rang tahlili
uchun tashkil etuvchilarning nisbati muhimdir. Agar U = rR + gG +
bB rang
tenglamasida r, g va b koeffitsiyentlarni shu koeffitsiyentlari yig‗indisiga bo‗lsak:
,
'
,
'
;
'
b
g
r
b
b
b
g
r
g
g
b
g
r
r
r
bunda quyidagi rang tenglamasini yozish mumkin:
Dostları ilə paylaş: