O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Qarz va shaxsiy mablag„larning maqsadli nisbatlari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə112/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Qarz va shaxsiy mablag„larning maqsadli nisbatlari
Amaliyot shuni tasdiqlaydiki, odatda, kompaniyada turli moliyalash mablag‘larining kapital bozoridagi qiymatiga asoslangan maqsadli nisbati mavjud bo‘ladi.
Boshqacha aytganda, muayyan kompaniya o‘z moliyalash manbalari umumiy miqdoriga muayyan nisbatda (bozor qiymati bo‘yicha) yangi aksiyalar chiqarishni davom ettirishga intiladi. Xuddi shunday tarzda moliyalash manbalari miqdoriga muayyan nisbatda kredit hisobiga mablag‘ bilan ta‘minlanishni davom ettirishga urinadi. Vaqti-vaqti bilan biroz og‘ishlar yuz berishi mumkin, biroq kompaniyalarda amaliy imkoniyat paydo bo‘lishi bilan maqsadli nisbatga qaytishga intiladilar.
Marsh (Marsh, 1982) aniqlashicha, amaliyotda ko‘pchilik korxonalar kapitalning barqaror tuzilishini qo‘llab-quvvatlaydi hamda shaxsiy va qarz mablag‘larning maqsadli nisbatiga (target gearing ratio) ega bo‘lishni yoqlaydi. Ozkan (Ozkan, 2001) 1984-yildan 1996-yilgacha davrda Buyuk Britaniyaning 390 ta tashkilotini o‘rganishda shunday xulosaga keldiki, umumiy holatda kompaniyalar shaxsiy va qarz mablag‘larinmg maqsadli nisbati uzoq muddatli bo‘lgan. Firmalar, agar maqsadli nisbatdan chetga chiqilganligini ko‘rsalar, shaxsiy va qarz mablag‘lari nisbatini tez to‘g‘rilashga intiladilar. Grem va Xarvi (Graham and Harvey, 2001) tomonidan aniqlanishicha, 1999-yildagi tadqiqotlari davomida Amerika kompaniyalarining 81 foizi shaxsiy va qarz mablag‘larining maqsadli nisbatiga ega bo‘lgan.
Ularning faqat yarmida maqsadli nisbat “moslashuvchan” bo‘lgan. Yirikroq firmalarda va investitsiya reytingli obligatsiyalarga (investment grade loan stocks) ega firmalarda qattiqroq maqsadli nisbatlarga moyillik mavjud edi.
Bunday maqsadli nisbatlar, foiz stavkalari darajasi, dividendlarga nisbatan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari soliq ustunliklari va joriy faoliyatdan pul oqimlari barqarorligi kabi omillar hisobga olingan holda, kompaniyalar o‘zlari uchun moliyalash usullarining optimal uyg‘unligini tanlashlari, so‘ngra uni mustahkamlashga va bir maromda saqlashga intilishlari tufayli mavjud bo‘ladi deb hisoblanadi.
Bunday maqsadlar, chamasi, hamma vaqt uchun belgilanmaydi; foiz stavkalari, soliq solish qoidalari va hokazolardagi o‘zgarishlar maqsadli nisbat o‘zgarishini yuzaga keltirishi, so‘ngra u bir necha yil saqlanib qolishi mumkin.
Maqsadli nisbatlar ham bir kompaniyada boshqasidan qisman kompaniya menejmenti fikrlaridagi farq tufayli turlicha bo‘ladi. Bunday farqlar qisman, ehtimol, asosan kompaniyalar faoliyat sohalari turlicha ekanligi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Turli moliyalash manbalari o‘rtasidagi optimal balansni belgilashga va bir maromda saqlashga urinish, amalda esa - nafaqat aksiyalar chiqarish hisobiga, balki umuman boshqa yo‘llar bilan mablag‘larni jalb etish maqsadi umumiy kapital qiymatini kamaytirishga urinishdan iborat bo‘lishi mumkin, bu aksiyadorlar farovonligini oshiradi. Bunday urinishlar muvaffaqiyatli bo‘ladimi? - ushbu savolga keyingi boblarda qaytamiz. Hozircha esa, keling, diskont stavkasini tanlash masalasiga murojaat qilamiz.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin