O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Yutib yuborish va birlashish bo„yicha shahar ekspert guruhi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə157/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Yutib yuborish va birlashish bo„yicha shahar ekspert guruhi
Yutib yuborish va birlashishlar bo‘yicha ekspert guruhi (City Panel on Takeovers and Mergers) - bu o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lib, uning a‘zolari Londondagi yetakchi moliya institutlarining vakillari hisoblanadi. Bunga Londondagi fond birjasi va London kliring banklari qo‘mitasi kiradi. Ekspertlar guruhi va uning faoliyatini tartibga soluvchi Kodeks 1960 yillardagi birlashishlar negizida yuzaga kelgan bir qator nizoli vaziyatlardan so‘ng 1968 yilda tashkil qilinib, ko‘plab kuzatuvchilar yirik biznes va moliya muassasalariga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan strategiya sifatida qaragan. Ko‘plab keskin ziddiyatlarda ancha mashhur kompaniyalar ishtirok etib, bu ommaviy axborot vositalarida ham katta qiziqish uyg‘otgan.
Bunda asosiy xavfsirash shundan iborat ediki, ayniqsa, nishon- kompaniya rahbariyati taklifni rad qilganda xaridor kompaniya va nishon-kompaniya ma‘muriyati nishon-kompaniya aksiyadorlariga, xususan, minoritar aksiyadorlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishgan. Aksiyadorlarning turli guruhlari birlashish bo‘yicha miqdori va sifatiga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi axborot olishgandek tasavvur paydo bo‘lgan.
Doimiy ko‘rib chiqiladigan Kodeks kompaniyalarning birlashishi to‘g‘risidagi muzokaralar jarayonida xaridor kompaniya va nishon- kompaniyaning harakatlarini belgilovchi qoidalarga majmuini belgilab beradi. Kodeks birlashishning ixtiyoriyligi bo‘yicha umumiy masalalarni ko‘rib chiqmaydi.
Bu yerda gap faqat bitim jarayoni haqida boradi. Ekspertlar guruhi Kodeksni amalga oshirishni nazorat qilish huquqiga ega emas, ammo qoida buzuvchilarga nisbatan ma‘naviy bosim o‘tkazish imkoniga ega. Natijada, u o‘z a‘zolaridan biri - London fond birjasiga qoida buzuvchi kompaniyani listingdan chiqarib tashlashni so‘rab murojaat qilishi mumkin.
Ekspert guruhi va Kodeks o‘z maqsadiga erisha oldimi - bu munozarali masala, holbuki, ko‘plab kuzatuvchilar fikrida 1960-yillarda kuzatilgan g‘ayriodatiy xatti-harakatlarning salmoqli qismi endilikda bunchalik yaqqol kuzatilmaydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin