Buyuk Britaniyadagi sanoat va tijorat kompaniyalari tomonidan
Yil
Umumiy soni
O„rtacha qiymati, mln. f.st.
Pul mablag„lari, %
Oddiy aksiyalar,%
Imtiyozli aksiyalar va obligatsiyalar,%
1987
1528
10,8
35
60
5
1988
1499
15,2
70
22
8
1989
1337
20,4
82
13
5
1990
779
10,7
77
18
5
1991
506
20,6
70
29
1
1992
432
13,8
63
36
1
1993
526
13,4
81
16
3
1994
674
12,3
64
34
2
1995
505
64,5
78
20
2
1996
584
52,6
64
35
1
1997
506
53,0
41
58
1
1998
635
46,5
53
45
2
1999
439
53,1
62
37
1
2000
587
182,1
38
61
1
2001
492
58,9
_*
_*
_*
2002
430
58,7
_*
_*
_*
2003
558
33,5
_*
_*
_*
2004
694
45,0
_*
_*
_*
18
yaqinda amalga oshirilgan yutib yuborishlar va birlashishlar
* 2000 yildan keyin ma‘lumotlar chop etilmagan.
1990-yillar oxirida birlashishlarning o‘rtacha qiymati oldingidan ancha yuqori bo‘lgan. So‘nggi yillarda juda yirik kompaniyalar (masalan, etakchi banklar) bilan birlashishlar ko‘p qayd qilingan. Birlashishni baholash Xaridorlar tomonidan Birlashish investitsiyalardan boshqa narsa emas, shuning uchun uni aynan shunday baholash lozim. Birlashgan kompaniyalardan kutilayotgan pul oqimlari birlashish riski, ya‘ni tizimli riskni bozor qanday qabul qilishini hisobga oluvchi kapital qiymati koeffitsiyentiga muvofiq diskontlangan va hisoblangan bo‘lishi kerak.
Baholanishi lozim bo‘lgan pul oqimlari yangi korxonaning barcha oddiy operatsion pul oqimlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, biz birlashish natijasida yuzaga keladigan nishon-kompaniyaning (yoki
18 Office for National Statistics (2004). Financial Statistics, Table 6.1V dan moslashtirilgan.
xaridorning) keraksiz bo‘lmmalarini sotishdan barcha pul oqimlarini, jumladan, xodimlarni qisqartirish bo‘yicha har qanday xarajatlarni ham hisobga olishimiz kerak. Bunga nishon-kompaniyaning ustav kapitalini sotib olish uchun to‘lanadigan summani ham qo‘shishimiz kerak. Agar barcha to‘lovlar pul mablag‘lari orqali amalga oshirilmasa, unda summa aksiyadorlik kapitali va/yoki obligatsiyalar emissiyasi imkoniyatini, ya‘ni, boshqa teng shart-sharoitlarda pul mablag‘lari jalb qilish uchun aksiyalar (obligatsiyalar) chiqarish evaziga olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari hajmini ham o‘z ichiga olishi kerak.
Agar yuqorida ko‘rsatilganlarni hisobga olgan holda hisoblangan bugungi kundagi qiymat ijobiy bo‘lsa, unda mantiqiy ravishda ushbu investitsiyani amalga oshirish kerak.
Bundan tashqari, odatda, moliyaviy bo‘lmagan omillarni hisobga olish, masalan, potentsial salohiyatga erishish uchun xodimlarni qisqartirishga ruxsat berish kerak. Qaror qabul qilishda bu omillar sof moliyaviy jihatdan muvozanatli bo‘lishi kerak.
Birlashish ob'yektlari aksiyadorlari tomonidan Nishon-kompaniya aksiyadorlari uchun taklifni baholash xaridor uchun bo‘lgani kabi investitsiya qarori hisoblanadi. Har bir aksiyador o‘z aksiyalarini saqlab qolishdan diskontlangan pul foydasidan taklif qabul qilingan holatda kelajakda erishiladigan diskontlangan pul foydasi mos ravishda ko‘proq bo‘lish-bo‘lmasligini baholashi lozim.
Xodimlarning malaka darajasi va baholash uchun zarur bo‘lgan vazifalarning murakkabligi va u yuqorida ko‘rsatilgan tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladimi-yo‘qmi, bular har bir alohida olingan aksiyadorga bog‘liqdir. Yirik investitsiya institutlari mantiqan va maqsadga muvofiq qaror qabul qiladi deb taxmin qilinadi. Xususiy investorlar uchun bu bunday bo‘lmasligi mumkin.
G„arazli va do„stona birlashish Ko‘plab nishon-kompaniyalar rahbarlari har qanday birlashishga urinishlarni rad etadilar; boshqacha aytganda, birlashish ular uchun “g‘arazli” sanaladi. Buning sabablari turlicha, jumladan, quyidagicha bo‘lishi mumkin:
birlashishda tijoriy mantiq yo‘qligi to‘g‘risidagi fikr;
tavsiya etilgan narx juda past ekanligiga ishonch hosil qilish;
nishon-kompaniyalar direktorlarining o‘z kelajagini himoya qilishga bo‘lgan tushunarli xohish-istagi.
Ko‘plab birlashishlarning bevosita natijasi sifatida nishon- kompaniyadan aksariyat yoki barcha direktorlarning ishdan bo‘shab ketishini aytish mumkin.
G‘arazli birlashishlar keng tarqalgan, lekin ularda kamdan-kam hollarda yirik kompaniyalar ham ishtirok etadi. 2004 yilda chakana savdo sohasidagi tadbirkor British Home Stores Ltd kompaniyasi egasi Filip Grinning Marks and Spencer plc kompaniyasini g‘arazli qo‘lga kiritishga omadsiz urinishi OAV e‘tiborini tortdi.
Lekin tobora ko‘proq birlashishlar g‘arazli emas, balki do‘stona tarzda kechmoqda. Bunday hollarda har ikkala kompaniyaning direktorlari nishon-kompaniyaning aksiyadorlariga taqdim etiladigan shartlarni muhokama qiladilar. Rasmiy taklif qilinganda, nishon- kompaniya ma‘muriyati aksiyadorlarga uni qabul qilishni tavsiya etadi. Aksiyadorlarni taklifni qabul qilishga undash uchun bunday taklifning ahamiyati juda katta. Do‘stona birlashishga misol tariqasida byudjet aviakompaniyasi easyJet plc ning 2002 yil may oyida o‘z raqobatchisi Go Fly Ltd kompaniyasini o‘ziga qo‘shib olishini keltirish mumkin. Yana bir misol - 2003 yil iyul oyida pivo ishlab chiqaradigan Scottish and Newcastle plc kompaniyasi sidr ishlab chiqaruvchi HP Bulmer Holdings plc kompaniyasini yutib yuborgan.