Buyuk Britaniyada birlashishlarni tartibga solish Buyuk Britaniyada birlashishlar ikki jihatdan tartibga solinadi va ularning har biri alohida davlat agentligi tomonidan boshqariladi. Bu mexanizm normativ tartibga solish va o‘zini-o‘zi tartibga solishning parallel ravishda qanday ishlashiga qiziq misol sifatida keltiradi.
Raqobat komissiyasi (ilgari Monopoliya va birlashishlar bo‘yicha komissiya)
Raqobat Komissiyasi - ijro organi bo‘lib, uning vakolatlari 1973 yilda qabul qilingan adolatli tijoriy faoliyat to‘g‘risidagi Qonun (Fair 267
Trading Act) bilan belgilangan. U asosiy e‘tiborini birlashish jarayoniga emas, balki natijasiga qaratadi.
Raqobat komissiyasi (Competition Commission) - ilgari Monopoliyalar va birlashishlar komissiyasi (Monopolies and Mergers Commission)sanoat vaziri taqdimiga ko‘ra ixtiyoriy birlashishni to‘xtatish va tekshirish huquqiga ega. Sanoat vaziri birlashish ijtimoiy manfaatlarga zid bo‘lishi mumkin holatda adolatli savdo bo‘yicha bosh direktor tavsiyasi bo‘yicha birlashishni Raqobat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun topshiradi. Mazkur birlashish natijasida monopoliya paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollardagina sanoat vaziri, odatda, birlashishni ko‘rib chiqish uchun komissiyani ishga jalb qiladi. Komissiya o‘z xulosalarini hisobotlarda e‘lon qilib, ular ba‘zan uzundan-uzun va batafsil bo‘ladi (qarang: ushbu bobning oxirida —Foydali Internet havolalar” bo‘limi).
Aslini olganda, Komissiya tashkil etilgandan buyon unga nisbatan juda oz birlashishlar ko‘rib chiqish uchun berilgan va ulardan faqat ba‘zilari uchun Komissiya qonuniy veto huquqini amalda qo‘llagan.
Komissiya birlashish jarayonini cheklash bo‘yicha uncha katta ta‘sirga emasdek, bunday ta‘sirni ta‘minlash uchun mo‘ljallanmagandek taassurot uyg‘onadi. Qonunchilikning va Komissiya faoliyatining asosiy tamoyili shundaki, kompaniyalar va aksiyadorlarning o‘zi muayyan birlashishning iqtisodiy maqbulligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Agar bitim natijasi jamoatchilik manfaatlariga tahdid solishidan xavfsiragan hollardagina bu jarayonga Davlat ham aralashadi.
Komissiya 2003 yilda William Morrison plcsupermarketi o‘z raqobatchisi Safeway plc kompaniyasini yutib yubormoqchi bo‘lganda shunday tahdidni ko‘rgan. U raqobat nuqtayi nazardan ehtimoliy tahdidlarni tekshirib chiqmaguncha bu bitimni to‘xtatib qo‘ygan. Komissiya yangi guruh o‘zining 53 ta do‘konini sotib yuborishi sharti bilan bitimni amalga oshirish mumkin degan xulosaga keldi. Ushbu do‘konlar ilgari Morrison va Safeway o‘rtasida raqobat bo‘lgan joyda joylashgan bo‘lib, yutib yuborish natijasida bunga barham berilardi.
Do‘konlar boshqa raqobatchi supermarketlarga sotildi va birlashish ro‘y berdi.