O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Menejerlar tomonidan kompaniyaning sotib olinishi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə163/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Menejerlar tomonidan kompaniyaning sotib olinishi
Agar kompaniyani menejerlar sotib olgan bo‘lsa (management buyout, MBO), kompaniyaning muayyan bo‘linmasining menejerlari ushbu bo‘linmani kompaniyadan sotib olishga qaror qilishadi. Buyuk Britaniyada so‘nggi yillardagi MBO operatsiyalari soni sezilarli darajada oshdi: 1980-yilda KPMG Corporate Finance konsalting firmasi
ma‘lumotlariga qaraganda, taxminan 100 ga yaqin edi, ammo 2000 yilda 600 dan ortiq bunday bitimlar tuzildi (Centre for Management Buy-out Research, 2004). Shu vaqtdan boshlab, ularning soni 2004-yilda 400ga tushib ketdi. Bundan tashqari, qayta sotib olishning o‘rtacha qiymati sezilarli darajada oshdi - 1980-yilda 0,4 million f.st. dan 2000-yildagi bitim uchun taxminan 50 million f.st.
Aksiyalarning menejerlar tomonidan sotib olinishi bilan bog‘liq qiziq voqea 2001-yilda sodir bo‘lib, o‘shanda Go Fly Ltd (Go) byudjet aviakompaniyasi British Airways plc (BA) kompaniyasidan Go menejerlar guruhi tomonidan sotib olingan. Bitim tashabbuskori Va tomonidan arzon tashishlar segmentida boshqa operatorlar bilan raqobatlashish uchun tashkil etilgan Go bosh direktori Barbara Kassani 278
bo‘ldi va Go ni sotdi, chunki u Go yo‘lovchilarga barcha xizmatlar to‘plamini taqdim etuvchi oddiy aviatashuvchi maqomiga mos kelmasligini his etdi. Bitim qiymati taxminan 100 million f.st. ni tashkil qildi. Keyinchalik, 2002-yilda Go bilan easy Jet plc kompaniyasi do‘stona birlashish misoliga ham aylandi.
Ba‘zi MBOlar juda muvaffaqiyatli bo‘ldi va bu kompaniyaning aksiyalariga fond bozorida o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. 2004-yil iyun oyida 2 office plc kompaniyasining aksiyalari Londondagi fond birjasida joylashtirilgan. Aksiyalarni sotib olishga sarmoya kiritgan menejerlar o‘z investitsiyalarining qiymati 2000-yil dekabrida to‘langan pullarga nisbatan olti yarim barobar ko‘payganini ko‘rdilar; qiymat o‘zgarishi 65 million dollarni tashkil etdi. Bu daromadni menejerlar investitsiyalashni amalga oshirishga qaror qilganda o‘z zimmasiga olgan risk bilan taqqoslash lozim.
Menejerlarda qayta sotib olish uchun zarur bo‘lgan etarli miqdorda mablag‘ mavjud emasligi sababli murakkab moliyaviy mexanizmlar ishlab chiqilgan. Moliyalashtirishning katta qismini kredit tashkil qiladi; —qarz mablag‘lari yordamida kompaniyani qayta sotib olish” (leveraged buyout, LBO) atamasi (ingliz tilidagi leverage va gearing so‘zlari sinonim sanaladi) shundan kelib chiqqan. Talab qilingan qarz kapitalining yirik hajmi etarlicha yuqori darajada risk bilan, daromadlilikning yuqori kupon stavkasi bilan va —tashlandiq (chiqindi) obligatsiyalar” bilan qarz olishni taqozo etadi. Bir qator hollarda kompaniya aksiyalarini menejerlari tomonidan qayta sotib olishning o‘ziga xos xususiyati ham —mezonni moliyalashtirish” (mezzanine financing20) hisoblanadi. Mohiyatan, bu yuqori kupon foiz stavkasi va aksiyadorlik kapitaliga aylanish imkoniyatiga ega qarzdir. Odatda kreditlarni aksiyalarga aylantirish huquqi mavjud, ammo MBO obyektiga aylangan kompaniya fond birjasida kotirovkalashni boshlaganda ishlaydi. MBO muvaffaqiyatli o‘tganiga doir misollar ko‘p
emas va to‘liq ishonchli bo‘lmasa-da, menejerlar tomonidan
kompaniyalarni sotib olish amaliyoti, aftidan, davom etaveradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin