O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Ishga tushirish yoki Startup Stage



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə171/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Ishga tushirish yoki Startup Stage. Shunday qilib, investor topildi: mahsulotni bozorga chiqarish mumkin. Bozor sharoitida


mahsulot o‘xshash mahsulotlardan ustunligi va afzalligini isbotlashi kerak. Ammo bu bosqichda raqiblarni dog‘da qoldirish unchalik ham oson emas. Startap yaratuvchilari qat'iyatli bo‘lishi, ijodiy fikrlashi va ishbilarmonlik namoyon etishi kerak. Aynan shu jarayonda loyiha eng katta tavakkalchilikka uchraydi. Agar maqsadli auditoriya befarq bo‘lib qolsa, bu hikoyaga shu erda xotima yasaladi.



  • O„sish yoki Growth Stage. Faraz qilaylik, loyiha raqobat kurashida omon qoldi. Mahsulotga talab yuqori va u ishlab chiqaruvchilar mo‘ljal olgan bozorni asta-sekin egallab olmoqda. Demak, zararsizlik nuqtasiga chiqish va investorlarga qandaydir foyda keltiradigan vaqt kelgan.



  • Kengayish yoki Expansion Stage. Biznes-rejada aks ettirilgan maqsadlarga nihoyat erishildi. Biroq ishlab chiquvchi-kompaniya bu bilan to‘xtab qolmaydi - u o‘z “farzandi”n yangi bozorlarga ilgari surishni davom ettiradi. Uning pozitsiyasiga endi hech narsa tahdid solmaydi: uni tanishadi, mahsulotlari uchun barqaror talab mavjud, daromadlari esa tobora o‘sib bormoqda.



  • Chiqish yoki Exit Stage. Kompaniya o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga erishgach, loyihani moliyalashtirgan investorlar bu biznesda o‘z ulushlaridan voz kechadi va uni yanada yirik o‘yinchilarga sotib yuborishadi. Bu tadbir ularga yaxshi foyda keltiradi. Aytish joizki, aynan shu lahza uchun ham ular istiqbolli tashabbuslarga mablag‘ joylashtirishadi. Umuman olganda, ayrim investorlar o‘z ulushlarini saqlab qolishi va undan doimiy daromad manbai sifatida foydalanishi ham mumkin.



Startap investorlar va ishlab chiquvchilar uchun nimasi bilan qiziqarli?
G‘oya muallifi ham, uni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadigan investor ham startapning moliyaviy muvaffaqiyatidan birdek manfaatdor. Muvaffaqiyatga erishilgan taqdirda, ularning har biri o‘z foydasiga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, bunda investor ko‘proq tavakkal qiladi. Ammo keyinchalik uning foydasi ham startap foydasidan ko‘ra salmoqliroq bo‘ladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin