Startapning o„ziga xos xususiyatlari Sezib turganingizdek, startap - ancha mavhum tushuncha. Shuning uchun uning ko‘plab tadbirkorlar tomonidan tan olingan xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish joiz.
Yangi mahsulotga yo„nalganlik. Ko‘pincha startap mohiyati innovatsion g‘oyalarni ilgari surish yoki eski g‘oyani takomillashtirishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli startaplar hatto eng kuchli korporatsiyalar bilan ham raqobatlasha oladi, chunki ular ko‘p hollarda innovatsiyalarni joriy etishga o‘zini urintirmaydi va allaqachon o‘z o‘rnini topib olgan tovar va xizmatlarni taklif qilishda davom etishadi. Shuning uchun ham, har qanday startapni mavhumlik tomon sakrashga qiyoslash mumkin.
Startapning asosida qiziqarli biznes-g„oya yotadi. Sir emaski, g‘oyasiz umuman hech qanday biznes ham bo‘lmasdi. Biroq startapda g‘oya o‘ziga xos qimmatga ega. Agar u istiqbolli bo‘lsa, u holda juda- juda qimmat bo‘lishi mumkin. Taqqoslash uchun: Internet o‘z biznesingizni ochish uchun standart g‘oyalarga to‘la va ularning barchasi mutlaqo bepul. Ba'zan esa ularga hatto biznes-rejalar ham ilova qilinadi.
Startap asoschilari yoshlardir. Ko‘plab mashhur va muvaffaqiyatli startaplar kechagi talabalar avlodidir. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, startaperning o‘rtacha yoshi 25 yoshga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yangi tashabbuslarni ba'zan mensimagan ohangda “garaj biznesi” deb ham atashadi: hali mol-dunyo orttirmagan yoshlar o‘z g‘oyalarini muhokama qilish uchun garajlar va ijara xonadonlardan bo‘lak qaerdadir to‘planishiga imkon yo‘q.
Startaperlar bor imkoniyatini o„rtaga tikadi.Odatda, startap tashabbuskorlari o‘z g‘oyasiga butun qalbini joylashadi. Uni ro‘yobga chiqarish uchun odam katta tavakkal qilishga ham tayyor turadi. Startaperni muvaffaqiyat juda qimmatga tushishi mumkinligi ham o‘ylantirmaydi: agar muvaffaqiyatdan manfaatdor bo‘lsa, unga erishish uchun hatto ilojsiz narsalarga ham qo‘l urib ko‘radi.