O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə173/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

10.2. Startaplarni moliyalashtirish
Startaplarni moliyalashtirish innovatsion loyihalarni rivojlantirish- ning muhim bosqichi sanaladi, chunki hech qanday startap usiz “tug‘ilishi” va haqiqiy beshafqat biznes olamida omon qolishi mumkin emas. Lekin startap uchun investitsiyani qanday olish mumkin va g‘oyalarni amalga oshirish uchun qaerdan topish mumkin? Hozir aynan mana shu masalada, ya‘ni, startaplarni moliyalashtirish manbalari, ularning afzalliklari va kamchiliklari haqida so‘z yuritamiz.
Investitsiyalarni jalb qilish shakllari. Startapni moliya- lashtirishning bir necha turlari mavjud. Investorlar o‘z mablag‘larining eng daromadli investitsiya qilishdan manfaatdor, shuning uchun ularning ko‘pchiligi nafaqat dastlabki bosqichda, balki rivojlanish jarayonida ham istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ba‘zi hollarda startaplarni moliyalashtirishdan maqsad ijtimoiy ahamiyatli faoliyat va umumiy farovonlikni oshirish sanaladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar davlat pul subsidiyalaridan ham foydalanadi. Xayriya - tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash uchun yana bir rag‘bat bo‘lib, bu grantlar va subsidiyalar shaklida mablag‘larni beg‘araz taqdim etish bilan bog‘liq.
Amaliyotda tadbirkorlarlik biznes loyihalariga investitsiya kiritishning ikki asosiy yondashuvi qo‘llanilmoqda. Birinchisi, startaplarni amalga oshirish uchun beg‘araz grantlarni to‘lashdan iborat. Bu holatda investorning manfaati nomaddiy yutuqda mujassamlashadi.
Startaplarni moliyalashtirishning investitsion fondlari va xususiy investorlar biznes-loyihaga o‘zlarinrng dastlabki qo‘yilmalaridan bo‘lg‘usi foyda olishga mo‘ljal oladi. Rossiyada startaplarni moliyalashtirishning ikkinchi yondashuvining mohiyati shundan iborat. Investorlar startap g‘oyasini amalga oshirish maqsadida o‘z mablag‘larini tadbirkorlarga o‘tkazib berish shartlarini kelishib oladi. Taqdim etilgan summa uchun mukofot tariqasida biznesmen, odatda, loyihaning kelgusi foydasidan ulush yoki loyihani qisman boshqarish huquqini taklif qiladi. Shartlar kreditning standart modeli shaklida ham bo‘lishi mumkin: qarz oluvchi kreditorning pulidan foydalanish davrida foizlarni hisoblash bilan qarzni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin