O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Birlashishning muvaffaqiyatiga doir xulosalar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə161/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Birlashishning muvaffaqiyatiga doir xulosalar
Xulosa aniq emas. Aksiyadorlarning farovonligini oshirish vazifasi jihatidan menejerlar (birinchi guruh tadqiqotlaridagi respondentlar) nuqtayi nazari muhim emas, deb aytish mumkin. Agar nimanidir hisobga olish kerak bo‘lsa, u ham bo‘lsa iqtisodiy samaradir.
Tajriba, aftidan, yutib yuborish ikkala kompaniya aksiyadorlari uchun iqtisodiy foyda bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi, lekin xaridor kompaniya aksiyadorlari uchun har doim ham bunday emas. Tajriba yana shuni ko‘rsatadiki, birlashish obyekti xaridor firma bilan bir xil tarmoqda bo‘lgan kompaniya ko‘pincha muvaffaqiyatli bo‘ladi; boshqacha aytganda, diversifikatsiyalangan birlashish muvaffaqiyat keltirmaydi.
Birlashish afzalliklari masalasida aniqlik yo‘qligi 1980-yillar oxiridan boshlab Buyuk Britaniyada birlashishlar sonining sezilarli ravishda kamayganligi sababini osonlikcha tushuntirib berishi mumkin (9.1-jadvalga qarang). Boshqa ehtimoliy izohlar quyidagicha:


  • korporativ menejment professionalizmi oshdi, natijada arzon birlashish obyektini topish yanada qiyinlashdi;



  • yirik diversifikatsiyalangan birliklar maqbulligiga nisbatan menejerlarning fikri o‘zgardi. Biz bu masalaga keyinroq, divestitsiya mavzusida ham yana qaytamiz.



Xalqaro birlashishlar
Tijoriy faoliyatni xalqaro miqyosda kengaytirish turli mamlakatlardagi kompaniyalarning birlashishiga hissa qo‘shdi. 1993 yilda Yevropa Ittifoqi tarkibida yagona Yevropa bozorining paydo bo‘lishi, ayniqsa, Buyuk Britaniya kompaniyalari Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari kompaniyalari bilan birlashishini faol amalga oshirishiga olib keldi. Misol uchun, 2001-yilda fransuz qurilish kompaniyasi va sement ishlab chiqaruvchi Lafarge Group kompaniyasi Britaniyaning o‘xshash profilli Blue Circle Industries plc kompaniyasini sotib oldi.
9.3. Divestitsiyalar
Muayyan sharoitlarda kompaniya o‘z biznesining bir qismi, masalan, sexdan yoki filialdan xalos bo‘lish istagi paydo bo‘lishi mumkin. Buning ehtimoliy sabablari quyida keltirilgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin