Chet el valyutasi bilan bog„liq muammolar Har qanday chet elda savdo qiladigan kompaniya aslida valyuta almashtirishga majburdirlar va ular bu ishni kundalik ishlarining bir qismi sifatida amalga oshiradilar. Chet el valyutasi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yevroga o‘tgani kabi, ko‘plab mamlakatlar, bitta valyuta joriy etish orqali o‘z milliy valyuta balansini saqlab qolish maqsadida boshqa mamlakatlar bilan doimiy hamkorlik qilib kelmoqda. Bunda kompaniyalarning eng katta muammosi valyuta almashinuvi bilan bog‘liq xarajatlar hisoblanadi. Agar kompaniya o‘z mahsulotini xorijiy xaridorga sotayotgan bo‘lsa, to‘lov odatda qabul qiluvchi mamlakat valyutasida amalga oshiriladi. Sotishdan tushadigan daromadlarning bir qismi valyuta bozorida yo‘qoladi. Foiz sifatida bu miqdor kichik bo‘lishi mumkin, ammo baribir bu xarajat sifatida qaraladi.
Valyuta xavfi Valyuta xavfi bu - ikki mamlakatning muayyan kompaniya uchun valyuta kurslari nisbati bilan yaratilgan xavf. Ayirboshlash kursining o‘zgarishi ushbu kompaniya daromadlarining pasayishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday, almashinuv kursidagi o‘zgarish, agar u qulay bo‘lsa, kompaniyaning farovonligini oshirishi mumkin. Valyuta xavfi uchta sohada tasniflanishi mumkin: Valyuta tavakkalchiligining tranziti, iqtisodiy tavakkalchilik va boshqa valyutaga o‘tish xavfi (translational risk).
Valyuta tavakkalchiligining tranziti xavfi Aytaylik, bir kompaniya amerikalik mol yetkazib beruvchidan nimanidir sotib olayapti va narxi dollarda amalga oshiriladi deb hisoblaylik. Sotib olish qiymati 100 AQSH dollari qiymatida baholanadi va bu muddat uchun kurs 1 funt sterling = 1.95 dollarni tashkil etadi. Ushbu bosqichda kompaniya 51,28 (100 / 1,95) funt sterlingga teng miqdorni to‘lash majburiyatini oladi. Hisobni to‘lash vaqtida valyuta kursi 1 funt sterling = 1,70 AQSH dollarigacha tushib qolganini ham tasavvur qiling. Hozirda to‘lanadigan summa 58,82 funt sterling. Muammo shundaki, kompaniya mahsulotni sotib olishga qaror qilgandan so‘ng, narxi 51,28 funt sterling bo‘ldi, biroq keyinchalik u 7,54 funt sterlingga ko‘tarildi. Ushbu xavf tranzaksion valyuta tavakkalchiligi (tranzaksion tavakkalchilik) sifatida tanilgan va valyuta kursini amalga oshirish jarayonida korxona uchun zarar keltiradigan yo‘nalishda o‘zgarishi mumkinligidan dalolat beradi.
Amaliyotda valyuta xatarini boshqarish usullari mavjud, ular quyida alohida muhokama qilinadi.