Valyuta bozori va bozor samaradorligi Oldingi boblarda ikkilamchi kapital bozori va jahon fond birjalari, odatda narxlanish nuqtai nazaridan juda samarali ekanligini ko‘rdik. Bu shuni anglatadiki, yangi axborot qimmatli qog‘ozlarning qiymatiga tez va oqilona ta'sir qiladi. Natijada sarmoyadorlar uchun mavjud bo‘lmagan imkoniyatlar haqida ma'lumotga ega bo‘lmagan holda, olinadigan daromad o‘rtacha daromaddan yuqori bo‘la olmaydi.
Valyuta bozorining an'anaviy kuzatuvi, ba‘zan samarali deb hisoblanadi. Natijada har doim ham turli valyutalar bilan savdo qilishdan yuqori daromad ololmaysiz. Ko‘p aqlli odamlar bozorni daromadli imkoniyatlarini sinchkovlik bilan o‘rganmoqdalar. Ular foyda olish uchun har qanday og‘ishlardan foydalangan holda kapitalga ega bo‘lishlari mumkin. Shunga qaramay, valyuta bozori va ikkilamchi kapital bozorlari bir muhim jihatdan farqlanadi. Hukumatlar odatda, ikkilamchi kapital bozorini nazoratga olmaydilar, ular valyuta bozori faoliyatida ko‘pincha muayyan cheklovlarga aralashish orqali nazorat qiladilar. Bu, almashinuv kursini qandaydir tarzda boshqarish uchun qilingan harakatdir.
Hukumat yoki hukumatlar, almashinuv kurslarini tartibga solish sohasida aniq maqsadni ko‘zlagan holda olib borayotgan islohotlari, spekulyatorlarga valyuta bozorida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlami taxmin qilish imkoniyatini yaratadi. Bu amalda tasdiqlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar hukumat valyuta bozorining ishlashiga aralashmaslik siyosatiga amal qilsa, ya'ni valyuta "ochiq valyuta" bo‘lgan joyda bozorlar yanada samaraliroq bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qarama-qarshilik siyosatida, masalan, hukumatning foiz stavkalarining ko‘tarilishi yoki davlat bozoridagi davlat valyutasini sotib olish uchun o‘z bozor narxini saqlab qolish uchun qilingan harakatlar samarasizdir.
Xalqaro darajaga kirish bilan bog‘liq muammolar
Bugungi kunga qadar, biz xalqaro miqyosda faoliyat yuritadigan kompaniyalar foyda olishlarini ko‘rdik. Biz, shuningdek, valyuta bozorlari sxemasi va xorijiy valyuta kurslari shakllanishining nazariy va amaliy jihatlarini hamda yana bir qator faoliyatlarni tahlil qildik. Keling, endi amaliyotda xalqaro miqyosda yuzaga keladigan ba'zi muammolarni, shuningdek, xalqaro munosabatlar bilan bog‘liq ba'zi xatarlardan qochish yoki cheklash yo‘llarini ko‘rib chiqaylik.