O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə59/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Huquqlar emissiyasi
Huquqlar emissiyasi (rights issue) - bu mavjud aksiyadorlarga qaratilgan odatda muomaladagi aksiyalarning joriy bozor narxlaridan ancha pastroq baholarda qo‘shimcha aksiyalar sotib olish taklifi.
2004-yil noyabr oyida —Prudental plc” Britaniya sug‘urta kompaniyasi shunday emissiyani amalga oshirdi. Kompaniya aksiyadorlarga har olti aksiyaga qo‘shimcha ravishda bitta aksiya sotib olishni taklif qildi (1 for 6 rights issue) va bu orqali 1 mlrd. f.st mablag‘ jalb qildi.
Oxirigi yillarda huquqlar emissiyasi aksiyadorlik kapitali olishning ahamiyati bo‘yicha Buyuk Britaniyada barqaror ravishda ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Haqiqatdan ham oddiy holatlarda qonun yangidan chiqarilgan aksiyalar avval mavjud aksiyadorlarga ularning paketlariga proporsional ravishda taklif qilinishini talab qiladi. Aksiyadorlar bu imtiyozli huquqlaridan voz kechishlari (pre-emption rights) mumkin va ayrim kompaniyalar o‘z aksiyadorlaridan shunday qilishni so‘raydilar ham. Qovoqxonalar tarmog‘ini boshqaruvchi J.D.Wetherspoon plc Britaniya kompaniyasi 2004-yilgi yillik hisobotida o‘z aksiyadorlaridan aksiyalar sotib olish imtiyozli huquqlaridan voz kechishlarini so‘rash niyatini bildirgan.
Imtiyozli huquqlarning mavjudligi ba‘zan direktorlarning boshqa moliyalashtirish manbalaridan foyda olish imkoniyatlarini cheklash sifatida qaraladi.
Moliyalashtirishning kerakli miqdori to‘g‘risida qaror qabul qilib va narxlarni belgilab, kompaniya mavjud aksiyadorlarga o‘z aksiyalarini taklif qiladi. Har bir aksiyador sotib olish huquqiga ega bo‘lgan yangi aksiyalarining soni u egalik qilayotgan aksiyalar soniga bog‘liq.
Agar aksiyador bu huquqdan foydalanmaslikka qaror qilsa, bu huquq aksiyalarni sotib olishni xohlaydigan boshqa shaxslarga (xaridor aksiyador bo‘ladimi-yo‘qligiga qaramasdan) sotilishi mumkin. Odatda huquqlar fond bozorida sotiladi. Ularning xaridorlari avval bu huquq tegishli bo‘lgan aksiyadordek aksiyalarni sotib olishning xuddi shunday huquqiga ega bo‘ladilar.


    1. misol

Kompaniya bozor qiymati hozirda bir aksiyaga 1,80 f. st. nominal qiymati 1 f.st bo‘lgan 4 mln dona aksiyaga ega. Kompaniya aksiyalarni 1,5 f.st narx bilan sotib olish huquqini emissiyasi orqali 1,2 mln f.st jalb qilishni istaydi. Chiqarilgan aksiyalar soni 1,2 mln f.st./1,5 f. st, ya‘ni 800 000 dona aksiya. Shunday qilib, ular mavjud aksiyadorlarga beshta mavjud aksiyaga bir dona nisbatida aksiyalar taklif qiladilar. Misol uchun, 200 ta aksiyaga ega bo‘lgan aksiyadorga 40 ta aksiya sotib olish huquqi beriladi.


    1. misolda emissiyaga qadar kompaniya barcha aksiyadorlik kapitalining qiymati 7,2 mln. f.st ni tashkil qilgan (4 000 000 x 1,80 f. st). Aksiyalar chiqarilgan zahoti u 1,2 mln f.st ga ko‘payadi (yangi kapital). Unda aksiyadorlik kapitalining umumiy summasi 8,4 mln. f.st ni tashkil qiladi (4 000 000+800 000=4 800 000 dona aksiya) yoki bir dona aksiya uchun 1,75 f.st (8,4 mln f. st./4,8 mln aksiya).


Bu narx teng sharoitlarda emissiya huquqlar yakunlangandan so‘ng aksiyalar sotiladigan narxdir. Shunday qilib, bir aksiyani sotib olish huquqi qiymati 0,25 f. st. ni, ya‘ni emissiya huquqlar bahosi (rights issues price) bilan aksiyaning bunday huquqlarsiz bahosi (ex-rights price) o‘rtasidagi farqni tashkil qiladi. Bozor, odatda, buni tasdiqlaydi,aks holda bir tomondan huquqlarni sotib katta foyda olish mumkin, ikkinchidan esa hech kim ularni sotib olmagan bo‘lar edi.


Avval 100 dona oddiy aksiyalari bor aksiyadorga emissiya huquqlardan so‘ng 20 dona yangi aksiya taklif qilindi, deb tasavvur qilaylik. U odam uch variantda ish tutishi mumkin:
  • kompaniyaga 30 f.st. (20 x 1,50 f. st) aksiyalar olish huquqidan foydalanish. Agar u shu ishni qilsa uning paketi qiymati 180 f. st. dan (100 x 1,80 f. st.) 210 f. st. ga (120 x 1,75 f. st.) o‘sadi. Bu 30 f. st. ga o‘sish aynan huquqlardan foydalanish uchun to‘langan summadir, shu sababli emissiya aksiyadorni boyroq ham, kambag‘alroq ham qilib qo‘ymaydi;


  • huquqlarni taxminan 5 f. st. ga sotish. (20 x 0,25 f. st). Bunda aksiyador qiymati 175 f. st. bo‘lgan aksiyalar paketini oladi (100 x 1,75 100


f. st.) plyus naqd ko‘rinishda 5 f. st, ya'ni jami 180 f. st. bu ham uni boy ham, kambag‘al ham qilmaydi;


- o‘z huquqidan foydalanmaslik. Bu holda paket qiymati 180
f. st. dan 175 f. st. ga tushib ketadi. Shunday qilib aksiyadorning huquqlaridan foydalanmagani, shuningdek, kompaniya ajratgan vaqtda sotmagani uchun salbiy holatga olib keladi. Biroq, amalda, kompaniya huquqlardan foydalanilmay qolayotganini sezsa, aksiyador nomidan huquqlarni sotishi va tushumni unga berishi ehtimoli ko‘proq.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin