2006 yil 30 iyun holatiga balans
Moliyalashtirish manbai (talablar)
|
Mln f.st
|
Moliyadan foydalanish (investitsiyalar)
|
Mln f.st
|
Har biri 1 f.st dan oddiy aksiyalar
|
6
|
Oborotdan tashqari aktivlar
|
5
|
Taqsimlanmagan foyda
|
1
|
|
|
Aksiyadorlik kapitali
|
7
|
Ishchi kapital
|
4
|
Uzoq muddatli qarz
|
2
|
|
|
|
9
|
|
9
|
|
|
|
|
Agar hech qanday iqtisodiy natijalari bo‘lmasa, nima uchun
kompaniyalar bonus aksiyalari chiqaradilar? Nahotki, direktorlar
aksiyadorlar o‘zlarini aldashga qo‘yib beradilar va nimanidir umuman tekinga olishlariga ishonadilar, deb o‘ylashadi? Agar shunday bo‘lsa, faktlar bu direktorlar nohaq ekanligiga guvohlik beradilar. Ehtimol, bonus aksiyalarining chiqarilishi axborot uzatish funksiyasini bajaradi. Ba‘zan bonus aksiyalarining chiqarilishi rahbariyat tomonidan qilingan investitsiyalarning to‘g‘riligiga ishonchni bildiradi. Uchinchi sabab, aksiyaning parchalanishidagi kabi, aksiya bahosini likvidlirog‘iga (menejerlar nuqtayi nazaridan) o‘zgartirish istagi bo‘lishi mumkin.
2003-yilda tabrik otkritkalari chiqaruvchi “Clinton Cards plc” Britaniya kompaniyasi aksiyalar likvidliligini oshirish maqsadida 1:2 nisbatda bonus aksiyalarini chiqardi.
Foydani taqsimlanmaslik yo„li bilan mablag„ jalb qilishda hisobga olinadigan omillar:
Dividend siyosati aksiyadorning sof farovonligiga ta’sir qiladimi?
Agar ta‘sir qilsa, unda foydaning boshqa emas, aynan shu ulushining taqsimlanmasligi birinchi (aksiya sotib olingandan so‘ng) dividendni olish huquqisiz (ex-dividend share) to‘langan dividendlar summasiga va aksiyalar bahosiga, ya‘ni aksiyadorlarning sof farovonligiga ma‘lum ravishda ta‘sir ko‘rsatadi. Biz bu mavzu bo‘yicha muhokama va tajribani 12-bobda batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Emissiya xarajatlarining yo‘qligi
Taqismlanmagan foydadan farqli ravishda, moliyalashtirishning boshqa usullari emissiya xarajatlari bilan bog‘liq.
Agar qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilishga ehtiyoj bo‘lsa, olingan daromad uni qondirish uchun yetarli bo‘lishiga hech qanday kafolat yo‘q. Boshqa tomondan, foyda bo‘lgan holda uni investitsiyalar uchun saqlab qo‘yish faqat boshqaruv qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur usulning aksiyadorlik kapitalini jalb qilishning boshqa usullaridan farqi ana shunda.
Nazoratning yoyilib ketishi yuz bermaydi
Foydaning taqsimlanmasligi birorta ham aksiyador uchun ovoz beruvchi aksiyalar sonini o‘zgartirmaydi.
Dostları ilə paylaş: |