Ochiq emissiya natijalarining mavhumiyligi
Huquqlar emissiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nisbiy ishonchni ochiq aksiya chiqarishda qo‘llab bo‘lmaydi. Aytib o‘tganimizdek, anderrayterlardan foydalanish yoki tender yordamida emissiya qilish qandaydir ma‘noda bu muammoni hal qiladi, lekin ma‘lum to‘lov evaziga.
Narx shakllanishi emissiya o„tkazishda juda muhim omil.
Agar mavjud oddiy aksiya egalari manfaatlarini himoya qilish zarur bo‘lsa, narx shakllanishi masalasi hayotiy muhim masalalardan biriga aylanadi. Tender yordamida emissiya qilish bu muammoni qisman hal qiladi. Fond bozorining samaradorligi xarid uchun taklif qilingan narx - aksiya uchun ratsional va odil baho deb taxmin qiladi.
Nazoratning tarqoq bo„lishi.
Ommaviy emissiya muqarrar ravishda mavjud aksiyadorlar nazoratining tarqoq bo‘lishi bilan bog‘liq. Ehtimol bu huquqlar emissiyasi va taqsimlanmagan foydadan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, qo‘shimcha kapital jalb qilish uchun birlamchi aksiyadorlar zimmmasidagi to‘lovdir.
Imtiyozli aksiyalar
Imtiyozli aksiyalarga egalik qilish mulkka egalik qilish huquqini beradi va riskli hisoblanadi, ammo imtiyozli aksiya egalari, odatda, har qanday to‘lanadigan dividendning birinchi “bo‘lagiga” (oldindan aniqlangan miqdoriga) haqli bo‘ladilar. Natijada, investor nuqtayi nazaridan, ular oddiy aksiyalarga qaraganda kamroq “risk saqlovchi” hisoblanadilar. Mos ravishda investorlar uchun imtiyozli aksiyalardan daromad kutishi, o‘sha kompaniya oddiy aksiyalariga qaraganda kamroq. Tarixan imtiyozli aksiyalar korporatsiya uchun doimo muhim moliyaviy manba bo‘lib kelgan.
Oxirgi yillarda ular, ko‘rinishidan, ommaviyligini yo‘qotgan va qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish manbai sifatidagi juda kichik ahamiyatga ega. Shunday bo‘lsada ko‘pchilik kompaniyalar haligacha bir necha yil oldin chiqarilgan imtiyozli aksiyalar hisobiga qisman moliyalashtiriladi. Imtiyozli aksiyalar odatda kumulyativ (cumulative) bo‘ladi. Bu shuni bildiradiki, agar imtiyozli aksiyalar qaysidir yil bo‘yicha to‘liq to‘lanmasa oddiy aksiya egalari imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanmaguncha dividend olishlari mumkin bo‘lmaydi.
Nominal qiymat
Imtiyozli aksiyalar nominal qiymatga ega, lekin oddiy aksiyalardagi kabi uning miqdori katta ahamiyatga ega emas. Lekin imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar (albatta shunday bo‘lishi shart bo‘lmasa ham) odatda nominaldan foiz sifatida ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |