Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yo„li bilan kapitalni jalb qilish usullari
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish yo‘li bilan kapitalni jalb qilishda qo‘llaniladigan usullar oddiy aksiyadorlar uchun taqsimlanmagan foyda hisobiga aksiyalar chiqarishni ham hisoblaganda, oddiy aksiyalardan foydalanish usullari bilan ozmi-ko‘pmi o‘xshash. Amaliyotda imtiyozli aksiyalarni chiqarishning eng mashhur uslubi - bu huquqlar emissiyasidir.
Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari
Ko‘pgina kompaniyalar qimmatli qog‘ozning nominal qiymatiga nisbatan olingan o‘zgarmas foiz stavkasi [kupon stavkasi (coupon rate) deb nomlanadi] va o‘rnatilgan qoplanish sanasi bilan qarz qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish orqali pul mablag‘larini jalb qiladilar. Bunday qimmatli qog‘ozlar obligatsiyalar (loan stocks, bonds) yoki qarz majburiyatlari (debentures) deb ataladi. Ular odatda 10 yildan 25 yilgacha bo‘lgan muddatga chiqariladi, ammo ba‘zi emissiyalar qisqaroq yoki uzoqroq muddatlarga mo‘ljallanadi. Muddatsiz (qayta sotib olish sanasisiz) qarzlar ham bor. Uzoq muddatli moliyalashtirish uchun mablag‘ jalb qilish vositasi sifatida obligatsiyalarning ommaviyligi yildan-yilga sezilarli darajada o‘zgarib turadi. 1998-yilda London fond birjasi listingidan o‘tgan barcha qimmatli qog‘ozlar qiymatining 75 foizi (qoplanish miqdorini ayirib tashlaganda) turli xildagi obligatsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan, atigi besh yil oldin esa 1993-yilda ularning ulushi 19 foizni tashkil qilgan11.
Ko‘pgina kompaniyalarning obligatsiyalari fond bozorida listingdan o‘tadi, shuning uchun kompaniyaning potensial kreditorlari avvalgi kreditor qarzining bir qismini sotib olishlari mumkin12. Sotib olingan kundan boshlab obligatsiyaning yangi egasi foiz to‘lovlarini oladi va bundan tashqari, agar u qimmatli qog‘ozlarni qoplanish kunigacha ushlab tursa unga qarz summasi qaytarib beriladi.
Obligatsiyalar nisbatan past risk bilan daromad olishni istagan barcha turdagi investorlar uchun jozibalidir. Institutsional investorlar ularga, birinchi navbatda muntazam to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun muntazam pul tushumiga muhtoj bo‘lganlarga, masalan pensiya fondlariga, alohida qiziqish bilan qaraydilar.
Obligatsiyalarning katta qismi qarz oluvchi kompaniyaning aniq aktivlari yoki oddiygina barcha aktivlari bilan ta‘minlangan bo‘ladi. Masalan, easyJet pls Britaniya aviakompaniyasi (byudjet tashuvchisi)
2003-yilgi yillik hisobot ma'lumotlariga ko‘ra, qarz ta'minoti sifatida o‘zining havo kemalari parkining 74 million f. st. miqdoridagi qismini garovga bergan. Taqqoslash uchun kompaniya parkining umumiy qiymati 137 million f. st. Qarzlardan ushbu samolyotlar xaridini moliyalashtirish uchun foydalanilgan. Muqobil sifatida obligatsiya egasi ma‘lum qonunchilik, kompaniya tugatilgan holda, istalgan kreditorga ta‘minotsiz foiz yoki kapital undirib olish imkoniyatini beruvchi qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishi mumkin. Mazkur obligatsiya egasi kreditorlar navbatining qaysi qismida turishi, agar qarz oluvchi kompaniya tugatilsa, qarz majburiyati ta‘minlanganmi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi.
Individual obligatsiya egasi uchun o‘z qimmatli qog‘ozlarining holatini doimiy nazorat qilishdan odatda ma‘no bo‘lmagani uchun, kompaniyalar ko‘p hollarda bu maqsadlar uchun ishonchli boshqaruvchi xizmatlariga murojaat qiladilar. Kompaniyalar, emissiyani kreditorlarga jozibadorroq ko‘rsatish uchun bunga tayyor turishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |