O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Kichik kompaniyalarni tashkil qilish shakllari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə200/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Kichik kompaniyalarni tashkil qilish shakllari


Qoidaga ko‘ra biz tomonimizdan ko‘rib chiqilayotgan kichik kompaniyalar mas‘uliyati cheklangan xususiy kompaniyalar shaklida tashkil qilinadi. Mohiyatiga ko‘ra mazkur tashkiliy-huquqiy shakl jamoat kompaniyalaridan hech qanday farq qilymadi. Ular o‘rtasidagi tafovut quyidagilardan iborat:



  • xususiy kompaniyalar uchun minimal miqdor belgilanmaydi. Jamoat kompaniyalari kamida 50000 f.st miqdoridagi ustav kapitaliga ega bo‘lishlari kerak, shundan kamida 25 foizi to‘liq to‘langan bo‘lishi shart. Xususiy kompaniya o‘lchamiga nisbatan hech qanday yuqori chegara mavjud emas;



  • xususiy kompaniyalar o‘z aksiyalarni ko‘chirishni cheklash huquqiga ega bo‘ladilar. Kompaniya ustavida direktorga aksiyalarni berishni ro‘yxatdan o‘tkazishdan o‘z istagiga ko‘ra voz kechish huquqini beruvchi modda bo‘lishi mumkin;



  • xususiy kompaniyalar har yillik hisobotlarini e‘lon qilishlari kerak, ochiq aksiyadorlik jamiyatlari esa ancha boshqacha tarzda hisobotlar topshiradilar;



  • xususiy kompaniyalar nomida limited so‘zi yoki uning qisqartmasi Ltd bo‘ladi; mas'uliyati cheklangan hissadorlik kompaniyalari nomi plc qisqartmasini o‘z ichiga olishi kerak.



Ko‘rinib turibdiki, amaliyotda yagona muhim jihat aksiyalarni topshirishga cheklovlarga oid bo‘lgan ikkinchi tafovutdir. Kichik kompaniyalar uchun cheklov huquqining ta‘sirini ikki oxir to‘g‘risidagi kaltak deb nomlash mumkin:



  • bir tomondan u ko‘plab aksiyadorlarga kamchilik aksiyadorlarni ishonchli bo‘lmagan uchinchi shaxslarga aksiyalarni berishdan to‘xtatish imkonini beradi. Shu ma‘noda nazorat yoki ovoz berish huquqi orqali ta‘sir ko‘rsatish ko‘pchilik tomonidan ma‘qullangan holda amalga oshiriladi. Oilaviy biznesda aksiyadorlar uchun mulkning o‘z oilalaridagi odamlarga qolishi ahamiyatga ega bo‘ladi;



  • boshqa tomondan aksiyalarning salohiyatli xaridorlari agar ular istasalar aksiyalarni sotishni oldini olish huquqiga ega bo‘lsalar kompaniya aksiyalarini istamasdan xarid qiladilar. Tabiiyki ko‘pincha kapitalning ikkinchi bozorida, shu jumladan London fond birjasida topshirish huquqi cheklangan aksiyalarni sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kichik kompaniyalar uchun mas‘uliyati cheklangan xususiy kompaniya shaklida bo‘lish biznesni kengaytirish yo‘lidagi to‘siq bo‘lishi mumkin.



Kichik kompaniyalar mas‘uliyati cheklangan xususiy kompaniyalar shaklida tashkil qilinishi shart emas, ammo ular hisobotlarni e‘lon qilishga kamroq talablarga jalb qilinadi, aksiyalarni topshirishni cheklash hisobidan kompaniya mulkdorlari tarkibi nazoratini amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ko‘plab kompaniyalar aynan shu tashkiliy-huquqiy shaklni tanlaydilar.
Mas‘uliyati cheklangan jamiyat bo‘lgan 1.5 mln Britaniya kompaniyalaridan taxminan 99 foizi xususiy va faqat bir foizi jamoat kompaniyalari sanaladi.

1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin