O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə24/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Y loyihasi
Endi, keling, faraz qilaylik, X loyihasini amalga oshirish mumkin emas, biroq zudlik bilan dividendlarni to‘lash yoki Y loyihasini amalga oshirish o‘rtasida tanlov mavjud.
Ushbu loyiha ham zudlik bilan 100 000 f. st. qo‘yilmani talab qiladi, biroq loyiha kelgusi yilda yakunlanganda faqat 109 000 f. st. keltiradi.
Y loyihasining qabul qilinishi o‘z pullarini zudlik bilan olishni istagan missis Igerga qanday ta‘sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqaylik. U kelgusi yilda unga dividendlar (10 900 f. st.) to‘langunga qadar yana bankdan ssuda olishi mumkin. Uning uchun ehtimoliy qarz summasi 9 909 f. st.ni tashkil etadi [ya‘ni 10 900 f. st. x 100/(100+10)]. Boshqa tomondan, agar Y loyihasi rad qilinsa, u 10 000 f. st. oladi. Shubhasiz, u Y loyihasi rad qilinishini ma‘qul ko‘radi. X loyihasiga qo‘llanilgan mantiqdan foydalanib, osonlik bilan ko‘rsatishimiz mumkinki, mister Peshient va missis Stedi, boshqa aksiyadorlar kabi missis Iger fikriga qo‘shiladilar. X loyihasi va Y loyihasi shak-shubhasiz haqiqatni namoyish qiladi: agar kompaniya daromadlilik darajasi foiz stavkasidan yuqori bo‘lgan, aksiyadorlar mablag‘larni qarz olish va qarz berish imkoniyatiga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirsa, aksiyadorlarning farovonligi o‘sadi. Aksiyadorlar boshqa usul bilan olishi mumkin bo‘lgan daromaddan kamroq daromad keltiradigan loyihalar aksiyadorlarning farovonligini pasaytiradi.
X loyihasi 20% yillik daromad keltiradi [(120 000 f st. - 100 000 f st.) /100 000 f. st.], Y loyihasi 9% daromad keltiradi, kredit uchun foiz stavkasi 10%ni tashkil etadi. Shubhasiz, 10% foyda keltiradigan loyiha aksiyadorlar farovonligini o‘zgartirmaydi.
Mablag„ bilan ta’minlashning muqobil xarajatlari
Qarz olish /kredit bilan ta‘minlash (borrowing/lending interest rate) foiz stavkasi loyihalarni investitsiya qilayotgan aksiyadorlarning muqobil xarajatlari (opportunity cost)ga tegishlidir. Mablag‘larni qarz olish yoki kredit bilan ta‘minlash mexanizmi mavjudligi shuni anglatadiki, puli bor, biroq ularni sarflashni istamaydiganlar o‘z pullarini investitsiyalash muqobil variantlari sifatida foiz ostida qarzga berish imkoniyatiga egalar. Shu tufayli loyihalarga har qanday investitsiyalar ushbu imkoniyatga nisbatan raqobatbardoshli bo‘lishi va foiz stavkasidan yuqori daromadni ta‘minlashi kerak.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin