O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Mablag„larni qarzga olish va qarzga berish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə23/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Mablag„larni qarzga olish va qarzga berish
Agar o‘z misolimizni biroz amaliyotga yaqinlashtirsak hamda Industries Ltd kompaniyasi va uning aksiyadorlari mablag‘larni qarzga olishlari va qarzga berishlari mumkinligini faraz qilsak, menejerlar dilemmasi yo‘qoladi. Buni misollar bilan ifodalash uchun, keling faraz qilaylik, har yilgi foiz stavkasi 10% ni tashkil etadi. Agar X loyihasi qabul qilinsa, mablag‘larni qarzga olish va qarzga berish imkoniyatlari paydo bo‘lishi uch nafar aksiyadorning nuqtayi nazariga qanday ta‘sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqamiz:
  • O‘z pullarini zudlik bilan olishni istagan miss Iger bankdan kelgusi yilda foizlar hisobga olingan holda to‘lov summasi 12 000 f. st.ni tashkil etadigan miqdorda qarz (ssuda) olishi mumkin. Qarz u kelgusi yilda oladigan dividendlar hisobiga to‘lanishi mumkin.


Kredit summasi 10 909 f. st., ya‘ni 12 000 f. st. x 100/(100+10)ni tashkil etadi [tekshirish: 10 909 f. st. + (10 909 f. st. x 10%) = 12 000 f. st.]. Shunday qilib, miss Iger X loyihasi rad etilgan holatga nisbatan 909 f. st. ko‘proq mablag‘ni zudlik bilan olishi mumkin. Albatta, u baribir bankka yil oxirigacha 12 000 f. st. qarz bo‘ladi, biroq o‘z dividendlaridan ushbu qarzni to‘lash uchun foydalanadi.


  • Bir yil kutib turishni ma‘qul bilgan mister Peshient o‘zining 12 000 f. st. mablag‘ini bir yildan keyin oladi va sarflaydi. Agar X loyihasi rad etilsa, u amalga oshirishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi variant - 10 000 f. st.ni bankka qo‘yishdan iborat. 10%li foiz stavkasida bir yildan keyin ushbu mablag‘ 11 000 f. st.ga aylanadi.


  • Pullarini olti oydan keyin olishi zarur bo‘lgan missis Stedi foizlar hisobga olingan holda kelgusi yilda qarzni to‘lash summasi 12 000 f. st.gacha o‘sishi uchun o‘ziga qulay vaqtda bankdan ssuda olishi mumkin. Birinchi olti oy mobaynida unga pullar kerak emasligi tufayli unga faqat ikkinchi yarim yillikda qarz olishi yetarli bo‘ladi. Qarz summasi 11 429 f. st.ni tashkil etadi [12 000 f. st. x 100/(100+5)]. Agar kompaniya X loyihasini rad qilsa, missis Stedi esa o‘z pullarini bankka olti oyga qo‘ysa, summa faqat 10 500 f. st.gacha ko‘payadi [10 000 f. st. + (10 000 f. st. x 1/2 x 10%)].


Tushunarli, agar X loyihasi qabul qilinsa, uch nafar investorning har biri qachon sarflash istagidan qat'i nazar ko‘proq pul oladi. Bu kompaniyaning boshqa aksiyadorlariga ham tegishlidir. Aksiyadorlar yakdillik bilan X loyihasini amalga oshirish uchun ovoz beradilar.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin