O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Axloq kodeksining asosiy talablari



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   362
Аудит УМК

3.Axloq kodeksining asosiy talablari 
Axloq kodeksiga muvofiq auditorning asosiy talablari quyidagilardan iborat:
 
1.
Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish. Auditorlar o’zining hayoti, ishlashi 
davomida umuminsoniy qoida va me’yorlarga rioya qilishga majbur. 
2.
Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish. Tashqi auditor faqat buyurtmachining emas, balki 
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning barchasining qiziqishlarini inobatga olishi kerak. 


 
Mijozning soliq, sud, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatini himoya qila turib, 
auditor himoya qiladigan jihatlar qonuniy va adolatli bo’lishini anglashi zarur. Agarda mijozning 
qiziqishlari noqonuniy bo’lsa, u himoya qilishdan bosh tortishi zarur. 
3.
Auditorning ob’ektivligi. Talab qilingan ma’lumotlarning aniq hajmigina auditorning qaror 
qabul qilish, tavsiyalar berish va xulosa yozishda ob’ektiv asosi bo’lishi mumkin. Auditorlar 
noto’g’ri axborotni fakt sifatida oshkor qilmasligi lozim. Har qanday professional xizmat ko’rsatish 
davrida auditorlar vaziyatlarga va aniq faktlarni ob’ektiv darajada ochib berishlari zarur. 
4.
Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi). Professional xizmat ko’rsatish davrida auditor 
maksimal darajada diqqatni tekshirilayotgan ob’ektga jalb qilishi lozim. Auditorlar o’z ishiga 
ziyraklik va jiddiylik bilan yondashishi, auditorlik standartlariga rioya qilishi, ishni to’g’ri 
rejalashtirishi va nazorat qilishi hamda qo’l ostidagi mutaxassislarni muntazam tekshirib borishi 
zarur. 
5.
Auditorning mustaqilligi. Auditorlik xizmati ko’rsatish natijasida tuzilgan xulosa yoki 
boshqa hujjatda o’zining mijoz oldidagi mustaqilligini bayon etishi lozim. Hisobot tuzish bo’yicha 
topshiriq qabul qilganda, auditorlar mustaqil bo’lishlari va tartiblilik, xolislik va mustaqillik 
tamoyillariga zid deb e’tirof etilishi mumkin bo’lgan har qanday manfaatdorlikdan erkin bo’lishi 
shart. 
Axloq kodeksining talablari quyidagilardir: 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin