O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   362
Аудит УМК

 
3.Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari 
Auditorlik shartnomasi tuzilgandan so’ng tekshiruvning umumiy rejasi tayyorlanishi va u 
auditorlik guruhi rahbari tomonidan tuzilishi hamda tasdiqlanishi lozim. Auditning umumiy rejasida 
tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini 
o’rganish hamda ular ma’lumotlarining ishonchliligini baholash, auditorlik tanlash hajmini 
belgilash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayonining (dasturni 
bajarish)amallarini belgilash, bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy 
audit ish hujjatlarini tayyorlash, tekshiruv natijalarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt va yuqori 
organlarga taqdim etish kabi vazifalarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha umumiy 
bosqichlari aks ettiriladi. Auditor tekshiruvni auditorlik shartnomasida belgilangan muddatda 
yakunlashni ta’minlashi uchun unga sarflanadigan vaqtni rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillarni 
to’liq va aniq hisobga olishi talab etiladi (7-chizma). 


7-chizma. Auditorlik tekshiruvi uchun vaqt sarfini rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillar 
Tuzilgan umumiy reja audit dasturini amalga oshirishning asosiy manbasi yoki 
dasturning uslubiy hamda me’yoriy asosi bo’lib xizmat qilishi kerak. Auditorlik 
tekshiruvini o’tkazish jarayonida umumiy rejaning ayrim qoidalariga o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin, bunday vaqtda kiritiladigan 
o’zgartirishlar mazmuni va sabablari rejada batafsil bayon etilishi kerak. 
Auditorlik tekshiruvining umumiy rejasi va dasturi har bir auditorlik tekshiruvi 
ob’ekti(asosiy vositalar auditi, pul mablag’lari auditi, TMZ auditi va shu kabilar)ning 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida va maxsus shakl hamda mazmunda 
ishlab chiqilishi lozim. Biz quyida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditning umumiy 
rejasini quyidagi 1-jadvaldagi shartli misolda keltirilgan shaklda tuzishni tavsiya 
etamiz. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, auditning umumiy rejasini auditorlik 
tekshiruvining har bir ob’ektiga alohida va maxsus shaklda tuzish jarayoni auditordan 
qo’shimcha vaqt, mehnat va qog’oz xarajatlarini talab etadi. Biroq umumiy rejada 
faqatgina auditorlik tekshiruvini o’tkazishning umumiy jarayoni aks ettiriladi, u 
tekshiruvchilar uchun aniq vazifa, vaqt va tekshiruvni o’tkazishning aniq tartibi 
haqida ma’lumot olish imkonini bermaydi. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin