-
356 -
qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi
(Central securities
depository)
– depozitariylarda depo hisobvaraqlari boʻyicha
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni saqlash, bunday qimmatli
qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va emissiyaviy qimmatli
qogʻozlar harakati yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi;
qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar
(securities transactions)
–
qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, meros qilib olish,
ularni ustav fondiga kiritish va qimmatli qogʻozlarning egasi
almashuviga olib keladigan boshqa aktlar,
shuningdek, qimmatli
qogʻozlar garovi;
qimmatli qogʻozlarga doir fyuchers
(The futures on securities)
– oʻzida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli
qogʻozlarni qat’iy belgilangan narxda
sotib olish yoki sotish
majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz;
qimmatli qogʻozlarni joylashtirish
(Placing securities)
–
qimmatli qogʻozlarni bitimlar tuzish orqali ularning dastlabki
egalariga berish;
qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi
(The nominal holder of
securities)
– qimmatli qogʻozlar egalarining reestrida roʻyxatdan
oʻtkazilgan, qimmatli qogʻozlarning egasi boʻlmagan
holda boshqa
shaxsning (qimmatli qogʻozlar egasining yoki u vakil qilgan
shaxsning) topshirigʻiga binoan qimmatli qogʻozlarni saqlash, hisobga
olish va ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiruvchi
depozitariy;
qimmatli qogʻozlarning hosilalari
(The derivative securities)
–
oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini
yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan
emitentning
opsionlari, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar va
boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlar;
Dostları ilə paylaş: