LIBOR ( London Interbank offered rate) – London banklararo
oʻrtacha foiz stavkasi);
lizing (lease) – moliyaviy ijaraning alohida turi boʻlib, unda bir
taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining)
topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing
shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib
oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda
haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun oʻn ikki oydan ortiq
muddatga beradi;
mas’uliyati cheklangan jamiyat (Limited Liability Company) –
bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav
kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan miqdorlardagi
ulushlarga boʻlingan jamiyat;
milliy birlashishlar (national mergers) – bitta davlatda
joylashgan kompaniyalarning oʻzaro birlashishi;
moliya bozori (financial market) – moliyaviy instrumentlar
yordamida
pul
mablagʻlari
oqimlarini
investorlardan
foydalanuvchilarga yoʻnaltirishga xizmat qiluvchi barcha bozor
institutlari majmui;
moliya bozori sigʻimi (the capacity of the financial market) –
aniq bir turdagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha ularga boʻlgan talab va
taklifdan kelib chiqqan holda mumkin boʻlgan yillik (oylik) savdo
koʻlami;
moliyaviy aktiv (financial asset) – bu pullik qiymatga ega,
mulkiy huquqni oʻzida ifodalovchi, bozorda mustaqil muomalada
boʻladigan, oldi-sotdi yoki boshqa bitimlar obyekti boʻla oladigan,
shuningdek, daromad olish manbasi sifatida xizmat qiluvchi hujjat
yoki bitim hisoblanadi;
moliyaviy menejer (financial manager) – biznes egasining agenti
sifatida mulkdor manfaatlari uchun faoliyat yurituvchi shaxs;