egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozlar – mulkiy
huquqlarning realizatsiya qilinishi oʻz egasining roʻyxatdan
oʻtkazilishini talab etadigan qimmatli qogʻozlar;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar – bitta chiqarilishi doirasida bir
xil belgilar va rekvizitlarga ega boʻlgan, mazkur chiqarilish uchun
yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada
boʻladigan qimmatli qogʻozlar;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestri – roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli
qogʻozlar chiqarilishlarining roʻyxati;
emitent – emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular
yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari
boʻlgan yuridik shaxs;
fond birjasi (Stock Exchange) – ochiq va oshkora birja
savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda
oʻrnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda oʻtkazish orqali faqat
qimmatli qogʻozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs;
fond indekslariga opsionlar yoki indeksli opsionlar (index options) – bazaviy aktivlari fond indekslari boʻlgan opsionlar;
fyuchers opsionlari (futures options) – bazaviy aktivlari sifatida
fyuchers shartnomalari boʻlgan opsionlar;
gorizontal birlashish va qoʻshib olish (horizontal mergers and acquisition) – bitta tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning
oʻzaro birlashishi yoki qoʻshib olinish holatlari;
investitsion kredit (investment credit) – faoliyat yuritayotgan
korxonalarda loyihalar yoki dasturlarni amalga oshirishga
yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kredit (kredit liniyasi);
-
352 -
investor (investor) – qimmatli qogʻozlarni oʻz nomidan va oʻz
hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;