-
354 -
koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan
mulkdorlar yoki
moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy
qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar
keltirish ehtimoli;
Oʻzbekiston Respublikasining gʻazna majburiyatlari
(Debt
obligations of the Republic of Uzbekistan)
– emissiyaviy qimmatli
qogʻozlar egalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul
mablagʻlari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qogʻozlarga
egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy
belgilangan
daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar;
obligatsiya
(bond)
– qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli
qogʻoz;
ochiq aksiyadorlik jamiyati
(Open Joint Stock Company)
–
qatnashchilari oʻzlariga tegishli aksiyalarini oʻzga aksiyadorlarning
roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin boʻlgan
aksiyadorlik
jamiyati;
opsion koll
(option call)
– kelajakda bitimda belgilangan
shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini beruvchi opsion;
opsion put
(option put)
– oʻz egasiga
kelajakda bazis aktivini
bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini beruvchi opsion;
opsion
(option)
– kelishilgan muddat davomida ma’lum bir
mukofot summasi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki
moliyaviy instrumentlarni belgilangan narx boʻyicha
sotib olish yoki
sotish huquqini beruvchi bitim;
opsionning ijro etilish (bajarilish) bahosi
(strike price)
–
bitimda qayd etilgan bazaviy aktivlar bahosi;
overdraft
(overdraft)
– ta’minot
rasmiylashtiruvisiz mijoz
hisobraqami
boʻyicha
mablagʻlarning
belgilangan
limit
koʻrsatkichidan yuqori boʻlishini ta’minlashga qaratilgan kredit shakli;
PIBOR
(
Paris
Interbank offered rate) –
Parij banklararo oʻrtacha
foiz stavkasi);