-
82 -
ekvivalentiga solishtirish amalga oshiriladi. Bu quyidagi formula
boʻyicha aniqlanadi:
EPR =
(1 +
r/m
)
m
– 1. (4.18)
Bu jarayonda olinadigan koʻrsatkich samarali foiz stavkasi
(effective percentage rate –
EPR
), yoki
taqqoslash stavkasi deb
ataladi. Mazkur koʻrsatkich iqtisodiy adabiyotda
APR (annual
percentage rate)
tushunchasi bilan ham qoʻllaniladi.
Misol koʻrib chiqamiz.
10 000 birlik mablagʻ depozitga 4 yil muddatga murakkab foiz
boʻyicha yillik 10 %lik stavka bilan joylashtirildi.
Foiz har chorakda
hisoblanishi belgilangan. Ikkinchi variantda esa 10 000 birlik mablagʻ
investitsiyaga 4 yillik muddatga 10 foizlik stavka bilan joylashtirilgan.
Bu operatsiya boʻyicha foizlar yilda bir marta hisoblanadi.
Operatsiyalardan qaysi biri samarali ekanligini aniqlang.
Har ikkala operatsiya boʻyicha samarali stavkani aniqlaymiz:
1) har chorak boʻyicha –
EPR =
(1+0,1/4)
4
– 1 = 0,103813 birlik.
2) har yil boʻyicha –
EPR =
(1+0,1)
1
– 1 = 0,10 birlik.
Shunday qilib, 10 000 birlik mablagʻni joylashtirish shartlariga
koʻra 4 yil muddatga har chorakda foiz hisoblanadigan yillik 10 %lik
stavka 10,3813 %ga teng boʻlgan holda ekvivalentli foiz stavkasi
boʻladi. Bundan, birinchi operatsiya investor uchun yuqoriroq samara
keltirishini koʻrishimiz mumkin.
Oʻz
navbatida
EPR
miqdori ma’lum boʻlsa,
r
nominal foiz
stavkasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
𝑟 = 𝑚( √1 + 𝐸𝑃𝑅
𝑚
− 1).
(4.19)
Murakkab foizlar boʻyicha diskontlash
Murakkab foizlar boʻyicha joriy qiymatni aniqlash formulasi
4.16-formuladan keltirib chiqariladi. Ya’ni matematik almashtirishdan
foydalangan holda quyidagi formulani shakllantiramiz:
𝑃𝑉
𝑛
=
𝐹𝑉
𝑛
(1+𝑟)
𝑛
. (4.20)
Misol koʻrib chiqamiz.
-
83 -
3 yil boʻyicha toʻlanadigan depozit miqdori 100 birlikni tashkil
etdi. Agarda depozit boʻyicha yillik stavka 8% boʻlsa,
omonatning
dastlabki summasini aniqlang. Quyidagi rasmda koʻrilayotgan misol
uchun murakkab foizlar boʻyicha diskontlash jarayoni chizmasi
keltirilgan (6.5-rasm):
6.5-rasm.
Dostları ilə paylaş: