-
145 -
chiqariladigan yevroobligatsiyalar 15 yildan 30 yilgacha boʻlgan
muddat boʻyicha amal qiladi.
Yuqorida qayd etib oʻtganimizdek, yevroobligatsiyalar bozoriga
chiqish tayyorgarlik koʻrish
va emissiya qilish, chet eldan moliyaviy
konsultantlar va anderrayterlar jalb qilish, xalqaro investorlar uchun
taqdimotlar oʻtkazish, huquqiy xizmat uchun toʻlovlar va boshqalar
bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yuqori miqdordagi
xarajatlarni talab
qiladi.
Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish bilan shugʻullanuvchi
dunyoga mashhur tashkilotchilar sifatida Deutche Bank, ABN Amro,
CSFB, UBS, DrKW, Citigroup, J.P.Morgan kabilarni keltirish
mumkin.
Rivojlangan
mamlakatlar
hukumati
tomonidan
yevroobligatsiyalar bozorini tartibga solishning biror bir mezoni
oʻrnatilmaganligiga
qaramasdan
emitentlar
odatda
Xalqaro
obligatsiyalar birlamchi bozori ishtirokchilari assotsiatsiyasi Xalqaro
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari assotsiatsiyasi standartlari va
talablari asosida boshqarib boriladi. Mazkur qimmatli qogʻozlarning
asosiy savdo markazi tarixan London hisoblanadi.
Shundan kelib
chiqqan holda yevroobligatsiyalar muomalasi Angliya moliya
xizmatlari agentligi tomonidan ham tartibga solinadi va bu agentlik
tegishli hujjatlarni tayyorlash boʻyicha talablar bajarilishining qat’iy
nazoratini amalga oshiradi. Bunda xalqaro standartlar boʻyicha
tuzilgan uch yillik ijobiy auditorlik hisoboti, S&P, Fitch, Moody’s va
boshqa yetakchi agentliklarning kredit reytingi majburiy talablar
sifatida belgilangan. Shuningdek,
kompaniya egalari haqidagi
axborotlarning toʻliq ochiqligi, qarz oluvchining asosiy aksiyadorlari
pasport nusxasigacha talab qilinadi.
Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish jarayonida yuristlar
xizmatlari boʻyicha xarajatlar miqdori 600 mingdan 1 million AQSH
dollarigacha tashkil etishi kuzatiladi. Anderrayterning oʻrtacha
komissiya haqi esa odatda muomalaga chiqarilgan yevroobligatsiya
umumiy summasining 0,5 – 0,7 foizini tashkil etadi.
-
146 -
Yevroobligatsiyalar odatda, London
yoki Lyuksemburg fond
birjalarida sotiladi. Lekin ular savdosining kattagina qismi birjadan
tashqari bozorlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Moliyalashtirish manbasi sifatida yevroobligatsiyalarning asosiy
afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- jalb qilinadigan mablagʻ miqdorining yuqoriligi (muomalaga
chiqarishning oʻrtacha qiymati – 300 million AQSH dollari);
- muomala muddatining uzoqligi (3 yildan – 30 yilgacha);
- foiz stavkalarining juda pastligi (yillik 5%);
- ta’minot va garov boʻyicha talablarning mavjud emasligi;
- xalqaro miqyosda kredit tarixi yuzaga kelishi.
Qarz mablagʻlari jalb qilishning mazkur instrumenti kamchiliklari
sifatida esa quyidagilarni keltirish mumkin:
- axborotlarni oshkor etish boʻyicha qarz oluvchiga nisbatan
jiddiy talablarning mavjudligi;
- yevroobligatsiya muomalaga chiqarish
jarayonining yuqori
miqdorda xarajatlar talab qilishi;
- jahon miqyosidagi yetakchi reyting agentliklarining biridan
kredit reytingi olish zarurati;
- qimmatli qogʻozlarni tayyorlash va joylashtirishning koʻp vaqt
talab qilishi (4–6 oy);
- valyuta riskining yuzaga kelishi va boshqalar.
Yuqori miqdordagi xarajatlar va koʻp vaqt talab qilishiga
qaramasdan 500 million dollarlik yevroobligatsiyani 5
yil muddatga
joylashtirish bugungi xalqaro amaliyotda oʻzini oqlamoqda. Bundan
tashqari xalqaro bozorlarda IPO oʻtkazish uchun yaxshigina repititsiya
vazifasini ham oʻtamoqda.
Dostları ilə paylaş: