Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 
 



31 - 
 
 
 
II BOB. KORPORATIV MOLIYAVIY
MUNOSABATLAR TIZIMI 
2.1. Korporativ moliyaviy munosabatlar
yuzaga kelish sabablari 
Moliya tizimining aynan korporativ moliya sohasida iqtiso-
diyotning turli tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy 
qismi shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda 
jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda 
korporativ tuzilmalar daromadlari o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun, 
ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa 
yo‘nalishlarga taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda 
korporativ moliyaning moliya tizimi markaziy bo‘g‘ini sifatida yuzaga 
chiqishini ko‘rishimiz mumkin va korporativ moliyaning amal 
qilishini samarali tashkil etish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida 
doimiy e’tibor talab qilishini ta’kidlashimiz lozim. Korporativ moliya 
bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining asosi sifatida ham 
xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shunday 
holatda mamlakatimizda korporativ moliyani samarali tashkil etish 
mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan birga xalqaro 
iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining yuksalishiga imkon beradi. 
Chunki tashqi savdo munosabatlarida aynan davlatlar bilan bir qatorda 
korporativ tuzilmalar ham faol ishtirok etadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy 
maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish orqali 
yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish hamda 
moddiy farovonligini oshirish hisoblanadi. Erkin bozor munosabatla-
rida bozorning har qanday subyekti sotuvchi va (yoki) xaridor sifatida 
qatnashishi mumkin. Umuman bozor munosabatlarini rivojlantirish 
korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi. 



32 - 
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul 
hisoblanadi. Pul mablag‘larining subyektlar o‘rtasidagi maqsadli 
harakati moliyaviy munosabatni yuzaga kelishning asosiy shartidir. 
Korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va 
taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning 
asosi sifatida xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozimki, korporativ tuzilma bu 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik 
shaxs tushunchasi esa “o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ 
boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z 
majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z 
nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan 
va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, 
sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot”
6
ni anglatadi. 
Respublikamizda korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlari 
sifatida aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan 
jamiyatlarni keltirishimiz mumkin. 2017 yil 1 yanvar holatiga 
respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 
659 tani tashkil etadi (2.1-rasm). 
2.1-rasm.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin