Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Pfizer + Warner-Lambert, bitim miqdori



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

5. Pfizer + Warner-Lambert, bitim miqdori 

87,3 milliard 
AQSH dollari 
Pfizer amerika farmatsevtika kompaniyasi birlashishlar va qoʻshib 
olishlar bozoriga tez-tez chiqib turadi. AstraZeneca kompaniyasini 
sotib olishga boʻlgan urinish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangach
2000 yilda Warner-Lambert kompaniyasini 87,3 milliard dollarga 
qoʻshib olishga erishadi. Qachonlardir bu biznes oʻz xususiy dorilarini 
ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi oddiy dorixona boʻlgan boʻlsa, 
aynan 2000 yilga kelib Warner-Lambert amerika farmatsevtika 
bozorida qoʻshib olish uchun yuqori darajada jalb qiluvchanlikka ega 
kompaniyalardan biriga aylangan edi. 2009 yilda Pfizer boshqa bir 
gigant farmatsevtika kompaniyasi Wyethni ham 68 milliard dollarga 
sotib oladi. 
4. Fortis, Banco Santander, Royal Bank of Scotland Group + 
ABN AMRO, bitim miqdori 

 100 milliard AQSH dollari 
Bu operatsiya oxiri salbiy natija bilan yakunlangan birlashish va 
qoʻshib olish amaliyotlaridan biri sifatida tarixga kirdi. 
Gollandiyaning qudratli moliyaviy kompaniyasi hisoblangan ABN 
AMRO bankni qoʻshib olish maqsadida Yevropaning yirik banklari 
xalqaro moliya-sugʻurta guruhi hisoblangan Fortis boshchiligida 
oʻzaro birlashadilar va 2007 yilda 100 milliard dollar sarflangan holda 
koʻzlangan moliyaviy operatsiya amalga oshiriladi. Lekin oradan bir 
yil oʻtib jahon moliyaviy inqirozi tufayli Fortisning moliyaviy holati 
birdaniga yomonlashadi. Ekspertlarning fikricha, aynan ABN AMRO 
bank bilan bitim tuzilishi Fortisning boʻlinib ketishiga sabab boʻladi. 
Natijada kompaniya aktivlardagi ulushlarini tezda sotishga majbur 
boʻladi va Ageas brendi ostida qaytadan faoliyatini boshlaydi. ABN 
AMRO bank esa Gollandiya tomonidan milliylashtiriladi. 



340 - 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin