-
338 -
holda yangi bitim tuziladi. Aslida bu bitim faqatgina formal ahamiyat
kasb etadi. Chunki 2005 yilgacha bu ikkala kompaniya yagona
xolding
tarkibida faoliyat yuritib, bu xolding kompaniyaning 60 foiz
aksiyasiga Royal Dutch Petroleum kompaniyasiga, 40 foizi esa Shell
Transport & Trading kompaniyasiga tegishli edi.
7. Exxon + Mobil, bitim miqdori
–
80,3 milliard AQSH dollari
Hammasi juda oddiy yuz berdi: Exxon va Mobil oʻzaro
birlashishi natijasida dunyodagi eng yirik uchinchi kompaniya yuzaga
keldi. Lekin jarayon bundanda qiziqarli tarixga ega. 1911 yilda AQSH
Oliy sudi Standard Oil kompaniyasini
amerika bozorida monopolist
kompaniya sifatida e’tirof etadi va uning egasi Jon Rokfellerni
kompaniyani boʻlib yuborishga majbur qiladi. Bu amaliyot Amerika
tarixiga eng yirik antimonopol hukm sifatida kiradi. 1999 yilga kelib
Rokfeller neft imperiyasining ikki boʻlagi yana oʻzaro
birlashadi va
natijada bozorda yanada qudratli ishtirokchi Exxon Mobil
korporatsiyasi oʻz faoliyatini boshladi.
6. SBC + AT&T, bitim miqdori
–
83,1 milliard AQSH dollari
AT&T ilgari AT&T emas SBC edi, oʻz navbatida SBC ham SBC
emas AT&T edi. Ya’ni ular oʻzaro nom almashishgan.
Izoh berib
oʻtamiz: 1984 yilda Amerika tarixidagi yana bir antimonopol ish
doirasida AT&T gigant kompaniyasi oʻz biznesini boʻlishga majbur
boʻladi va yangi SouthWestern Bell kompaniyasi oʻz
faoliyatini
boshlaydi. 1995 yilda SouthWestern Bell kompaniyasi oʻz nomini
SBC Communicationsga oʻzgartiradi va SBC brendi asosida faoliyat
yurita boshlaydi. 2005 yilga kelib qudratli
kompaniyaga aylangan
SBC oʻzining sobiq bosh kompaniyasi hisoblangan AT&T
kompaniyasini 83,1 milliard dollarga sotib oladi. Bu qoʻshib olish
amaliyoti hech qanday dushmanlik kayfiyatidagi emas, balki doʻstona
qoʻshib olish amaliyoti sifatida amalga oshiriladi. Barchasi oldindan
rejalashtirilgan edi va SBC oʻz brendidan AT&T
foydasiga voz
kechadi hamda AT&T brendi saqlanib qolishadi. Yana shuni ham
ta’kidlash kerakki, AT&T kompaniyasi birlashishlar va qoʻshib
-
339 -
olishlar bozorida ancha faol boʻlib, 2006 yilda 67 milliard dollarga
BellSouth kompaniyasini, shuningdek, 2011 yil martida esa Deutsche
Telekom kompaniyasidan T-Mobile USA kompaniyasini 39 milliard
dollar hisobiga sotib oladi.
Dostları ilə paylaş: