Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 
3.2. Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy 
menejerning asosiy vazifalari 
Moliyaviy menejerning vazifalarini beshta asosiy yoʻnalishga 
ajratish mumkin: 
1. Investitsion loyihalar jozibadorligini baholash va ularning 
ichidan iqtisodiy samara keltiradigan va aksiyador mulkining ortishiga 
xizmat qiladigan loyihalarni tanlash. 
2. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari va usullarini 
aniqlash va belgilash. 
3. Kompaniya likvidliligi va toʻlovga layoqatliligini samarali 
boshqarish.
4. Faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy 
risklarni baholash va boshqarish. 
5. Investorlar (aksiyadorlar) manfaatlarini qanoatlantiruvchi 
foydani taqsimlash siyosati (mexanizmi)ni ishlab chiqish va amalga 
oshirish. 



45 - 
Moliyaviy menejerning vazifalarini chizma tarzida quyidagi 
koʻrinishda aks ettirish mumkin (3.1-rasm). 
3.1-rasm.
Kompaniyalarda moliyaviy menejerning vazifalari 
Yuqorida keltirilgan vazifalar ijrosini moliyaviy menejerlar tomo-
nidan bajarish jarayonida moliyaviy risklarga ham alohida e’tibor 
qaratiladi. 
Kompaniyalar uchun eng muhim resurs pul hisoblanadi. Chunki 
uni har qanday boshqa aktivga almashtirish mumkin. Kreditlar 
boʻyicha foizlar va dividendlar ham pul shaklida toʻlanishi lozim. 
Shuning uchun biznesning muvaffaqiyati koʻp jihatdan pul 
mablagʻlarini jalb qilish va ishlab topish boʻyicha kompaniya 
imkoniyatlariga bogʻliq.
Moliyaviy menejer kelgusi jarayonlar uchun ham pul mablagʻlari 
tushumlari va xarajatlarni baholay olishi, moliyaviy rejalashtirish 
bilan bogʻliq ishlarni tashkil eta olishi talab etiladi. Shunday ekan, 
moliyaviy menejerning vazifasi kelgusi pul oqimlari harakati (pul 
mablagʻlari kirimi va chiqib ketishi) ehtimolini hisobga olishi va 
toʻgʻri belgilashi lozim. Boshqacha aytganda moliyaviy menejer 
loyihalar boʻyicha risklarni baholay olish va ularni boshqarishni 
bilishi shart.
Davlat iqtisodiy siyosati biznes yuritish shartlariga amaliy ta’sir 
koʻrsatadi. Ma’lumki, bunda davlatning ta’sirini talab va taklifga, foiz 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin