Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular
tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
10
№
Hududlar
Aksiyadorlik
jamiyatlari
Chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlar hajmi
Soni
Jamiga
nisbatan
foizda
Milliard
so‘mda
Jamiga
nisbatan
foizda
1
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
22
3,34
70,6
0,2
2 Andijon
43
6,53
662,9
2,2
3 Buxoro
38
5,77
124,1
0,4
9
O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda.
10
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ma’lumotlari asosida tuzildi.
-
38 -
4 Jizzax
18
2,73
306,8
1,0
5 Qashqadaryo
47
7,13
181,5
0,6
6 Navoiy
22
3,34
833,5
2,7
7 Namangan
29
4,40
151,4
0,5
8 Samarqand
32
4,86
90,8
0,3
9 Surxondaryo
23
3,49
54,4
0,2
10 Sirdaryo
17
2,58
172,2
0,6
11 Toshkent viloyati.
49
7,44
1110,5
3,6
12 Farg‘ona
46
6,98
435,8
1,4
13 Xorazm
29
4,40
79,9
0,3
14 Toshkent shahri
244
37,03
26189,3
86,0
JAMI
659
100,0
30463,5
100,0
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, faoliyat
ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 244 tasi, ya’ni 37 foizi
Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ular tomonidan 26189,3 milliard
so‘mlik, ya’ni jamiga nisbatan 86 foiz qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan.
Bu borada eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Korporativ tuzilmalar kapital jalb qilish nuqtai nazaridan
inves-
titsiya institutlari
, xususan investitsiya va pay fondlari bilan munosa-
batlarga kirishadi. Bunda “investorlarning pul mablag‘larini jalb etish
va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar
chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati
investitsiya fondidir”.
11
Keltirilayotgan ta’rifdan ham ko‘rishimiz
mumkinki, investitsiya fondlari bevosita qimmatli qog‘ozlar bozorida
faoliyat ko‘rsatadi va korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan ham
operatsiyalarga kirishadi.
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, “aksiyadorlik jamiyatlari,
banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari,
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning
mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik
va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari
va boshqa ijtimoiy fondlar, mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari
11
O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda.
-
39 -
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish byudjetdan
tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari, fond va tovar
birjalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak”.
12
Shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda ixtiyoriylik asosida
ham auditorlik tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. Bundan ko‘rinib
turibdiki, korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati davomida auditorlik
tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarga kirishishga majbur.
Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda auditorlik xulosasi talab
etilishi ham korporativ tuzilmalar va auditorlik tashkilotlarining
o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi.
Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosa-
batlar o‘z-o‘zidan muntazam amalga oshirib borilishi bilan xarakterli.
Chunki belgilab olingan faoliyatni amalga oshirish orqali qo‘yilgan
maqsadga erishish, ya’ni foydani maksimallashtirish uchun xaridorlar
va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar tashkil
etilishi talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va
taklif asosida shakllanadi. Shuningdek, ma’lum bir holatlarda
aktivlarning bozor bahosini aniqlash baholash tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlari davomida
ma’lum bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun baholash
tashkilotlari
xizmatlaridan
foydalanishlariga
to‘g‘ri
keladi.
Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash
tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha majburiy holatlar ham
mavjud. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini
baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi
kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish orqali
amalga oshiriladi”.
13
Baholash to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra,
“Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida
12
O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
13
O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
-
40 -
qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan
taqdirda, shu jumladan: baholash obyektlarini davlat tasarrufidan
chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki
ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda; baholash
obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda; baholash
obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda
o‘tkazilayotganda; baholash obyektlari bilan bog‘liq qarz
majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda;
baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush
tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholash o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida nizo
chiqqan taqdirda ham, shu jumladan, mol-mulk natsionalizatsiya
qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining
talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda; mol-mulk
mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat
o‘tkazilayotganda majburiydir”
14
, deb belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, korporativ tuzilmalar
bank kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini baholash
yuzasidan baholovchilarga bevosita murojaat qiladi. Umuman baho-
lovchilar faoliyati nafaqat garovni baholash, balki qimmatli
qog‘ozlarni baholash, biznesni baholash va hokazolarda ham namoyon
bo‘ladi.
Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning tashkil
etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga yangi
texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin. Korporativ
tuzilmalarning asosiy vositalar sotib olish imkoniyati cheklangan sha-
roitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan samarali bo‘lishi
mumkin.
Soliq
maslahatchilari
bilan
munosabatlarda
esa
soliq
imtiyozlaridan samarali foydalanish, soliqlarni rejalashtirish, soliq
14
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 11-modda.
-
41 -
xatoliklarini bartaraf etish va hokazolarga e’tibor qaratiladi. Bu haqda
to‘rtinchi bobda atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Shuningdek, korporativ tuzilmalar konsalting firmalari, yuridik
xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, birjalar
va boshqa ijtimoiy hamda bozor infratuzilmalari subyektlari bilan ham
moliyaviy munosabatlarga kirishishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |