-
48 -
- kapital tarkibini optimallashtirish;
- aylanma kapitalni boshqarish.
Ularning har biriga toʻxtalib oʻtamiz.
Kapital qoʻyilmalar byudjetini tuzish – bu korxonada uzoq
muddatli investitsiyalarni rejalashtirish va boshqarish jarayonidir.
Rejalashtirishning mazkur jarayonida moliyaviy menejer korxona
uchun ahamiyatli boʻlgan investitsion imkoniyatlardan foydalanish
orqali ularni oʻzlashtirishga harakat qiladi. Kapital qoʻyilmalar
byudjetini tuzishda kutilayotgan pul mablagʻlari tushumlari miqdori
va muddati, ularning kelib tushish yoki tushmaslik ehtimoli kabi
masalalarga ham e’tibor qaratiladi.
Kapital tuzilmasi – bu qarz kapitali va xususiy kapitalning oʻzaro
yigʻindisidir. Moliyaviy menejer bu masalada korxonaning uzoq
muddatli investitsiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy
resurslarni jalb qilish manbalariga e’tibor qaratadi. Firmaning kapital
tuzilmasi oʻz operatsiyalarini moliyalashtirish uchun foylaniladigan
xususiy kapital va uzoq muddatli qarzdorlikning yigʻindisini oʻzida
ifodalaydi. Bu sohada moliyaviy menejer oldida har doim muammoli
vaziyat paydo boʻladi. Birinchidan, qancha miqdorda qarz mablagʻi
olish lozim, boshqa tomondan qarz kapitali va xususiy kapital oʻzaro
nisbati qanday holatda optimal hisoblanadi. Bunda tanlangan nisbat
risklilik darajasiga va kompaniya bozor qiymatiga ta’sir koʻrsatmaslik
kerak. Ikkinchidan, firma uchun afzal qanday moliyalashtirish
manbalari mavjud.
Aylanma kapitalni boshqarishda esa asosiy e’tibor pul mablagʻlari
tushumini ta’minlash va majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashga yoʻnal-
tiriladi.
Dostları ilə paylaş: