-
57 -
mablagʻlariga boʻlgan talab yuzaga keladi. Boʻsh pul mablagʻlarini
vaqtinchalik qayta taqsimlash uchun moliya bozoridan foydalaniladi.
Moliya bozorining funksional vazifasi pul mablagʻlarini egasidan
(investordan) foydalanuvchiga tomon harakatlantirishda vositachi
sifatida ishtiroki bilan belgilanadi.
Kelgusida yuqori daromadli moliyaviy aktivlarga investitsiyalash
uchun boʻsh pul mablagʻlarini oʻzida jamlagan yuridik va jismoniy
shaxslar kapital egalari, ya’ni investorlar sifatida moliya bozoriga
chiqadi. Yakka tartibdagi alohida shaxslar (uy xoʻjaligi) bevosita
(yakka tartibda) yoki moliyaviy vositachilar (moliya-kredit institutlari)
orqali oʻzlarining jamgʻarmalarini qoʻyilma sifatida amalga oshiradi.
Qoʻshimcha foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatining turli
obyektlariga pul mablagʻlarini moliya bozoridan oladigan korporativ
tuzilmalar mablagʻlarni jalb qiluvchilar hisoblanadi. Moliya bozori
ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni quyidagi rasmdan
koʻrish mumkin (4.1-rasm).
4.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: