-
94 -
- ta’sischi yoki mulkdorlarning qoʻshimcha
hissalari hisobiga;
- jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari
hisobiga.
MCHJ ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga oshirish
oldingi hisobot yillarida erishilgan moliyaviy natijadan kelib chiqqan
holda korxona ixtiyorida qolgan foydani ustav kapitaliga yoʻnaltirish
orqali amalga oshiriladi.
Ta’sischi (mulkdor)lar tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish
hisobiga jamiyat ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul
qilishda qoʻshimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat
har bir ishtirokchisining qoʻshimcha hissasi qiymatining miqdori,
ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni toʻliq qoʻshish
muddati belgilanishi kerak.
Agar MCHJ ta’sis hujjatlarida ustav kapitalida boshqa
shaxslarning ishtiroki taqiqlanmagan boʻlsa, boshqa shaxslarni
jamiyatga qabul qilish va hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi arizalari asosida
jamiyatning ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida bir ovozdan qaror
qabul qilishi mumkin. Bu borada ham qaror
qabul qilishda hissani
qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddati koʻrsatilgan boʻlishi
talab etiladi.
Qoʻshimcha hissalarni qoʻshishning muddati tugagan kundan e’ti-
boran bir oydan kechiktirmay oʻzgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjat-
lariga kiritish toʻgʻrisida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi
tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyadorlar olgan
jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi.
Muomalaga chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir
xil bo‘ladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart,
shuningdek, imtiyozli aksiyalarni ham joylashtirish imkoniyatiga ham
egalar. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning
nominal qiymati
jamiyat ustav kapitalining yigirma foizidan oshmasligi kerak.
-
95 -
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining eng kam miqdori jamiyat
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada 1,6 milliard so‘mdan kamni
tashkil etmasligi kerak. Jamiyatning ustav kapitalini jamiyat ustavida
nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati
jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan
oshmasligi lozim.
Shu oʻrinda boshqa aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali
boʻyicha ham minimal talablarni keltirish maqsadga muvofiq.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-
yil 15-avgustdagi “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsen-
ziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan
tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga
olish va ular faoliyatini
litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan tijorat banklari
ustav kapitali eng kam miqdori quyidagicha belgilangan edi:
- banklar uchun – 10 mln yevro ekvivalentida;
- xususiy banklar uchun – 5 mln yevro ekvivalentida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi
PF-5197-sonli farmoniga asosan yangidan tashkil etilayotgan tijorat
banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 milliard so‘m qilib
belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari
bilan birgalikda 2019 yilning 19 yanvariga qadar tijorat banklarining
ustav kapitali miqdorlarining 100 milliard so‘mga yetishini
ta’minlashi lozimligi belgilab qo‘yilgan/
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-maydagi
“Sugʻurtachilarning moliyaviy barqarorligini
yanada oshirishga oid
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan sugʻurta kompaniyalari
ustav kapitali eng kam miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan (6.6-
jadval):
6.6-jadval
Dostları ilə paylaş: