Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Sugʻurtachilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Sugʻurtachilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari 
ming yevro ekvivalentida 
Sugʻurta faoliyati
turlari 
2012 yil
1 iyuldan 
2014 yil
1 iyuldan 
Umumiy sugʻurta sohasida 
1125 
1500 



96 - 
Hayotni sugʻurtalash sohasida 
1500 
2000 
Majburiy sugʻurtalash boʻyicha 
2250 
3000 
Faqat qayta sugʻurtalash boʻyicha 
5000 
6000 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi 
PF-5197-sonli farmoniga asosan sugʻurta tashkilotlari ustav kapitali 
mimimal miqdori quyidagicha belgilandi: 
-
umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida – 7,5 milliard so‘m; 
-
hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida – 10 milliard so‘m; 
-
majburiy sug‘urtalash bo‘yicha – 15 milliard so‘m; 
-
faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha – 30 milliard so‘m. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi 
“Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda 
ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻgʻ-
risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisi-
da”gi Nizomga asosan auditorlik tashkilotlari ustav kapitali eng kam 
miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan (6.7-jadval). 
6.7-jadval 
Auditorlik tashkilotlari ustav kapitali eng kam miqdorlari 
EKIH baravarida 
№ 
Auditorlik tekshiruvlari yoʻnalishlari 
Minimal talab 
1 Faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvi 
oʻtkazuvchilar uchun 
1500 
2 Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta 
tashkilotlaridan tashqari xoʻjalik yurituvchi sub-
yektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy audi-
torlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchilar uchun 
3000 
3 Barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik 
tekshiruvini oʻtkazuvchi 
5000 
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aksiyalarning nominal 
qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li 
bilan ko‘paytirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalini aksiyalarning nominal 
qiymatini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat 



97 - 
ustaviga 
tegishli 
o‘zgartishlar 
kiritish 
haqidagi 
qarorlar 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat 
ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq 
jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish vakolati 
berilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul 
qilinadi. Qo‘shimcha aksiyalar e’lon qilingan jamiyat ustavida 
belgilangan aksiyalarning soni doirasidagina jamiyat tomonidan 
joylashtirilishi mumkin. Jamiyatning ustav kapitalini qo‘shimcha 
aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi va 
jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat 
ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq 
jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish huquqi 
tegishli bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul 
qilinadi. 
Jamiyatning ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish 
yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan 
qo‘shimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni 
joylashtirish muddatlari va shartlari belgilangan bo‘lishi kerak. 
Jamiyatning ustav kapitalini aksiyalarning nominal qiymatini 
oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda faqat jamiyatning o‘z kapitali hisobidan amalga oshiriladi. 
Ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan 
oshirish esa jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning o‘z kapitali va 
hisoblangan dividendlar hisobidan belgilangan tartibda amalga 
oshirilishi mumkin.
Ustav kapitalini aksiyadorlik jamiyatining o‘z kapitali hisobidan 
qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirishda bu 
aksiyalar barcha aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir 
aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli bo‘lsa, ayni o‘sha turdagi 
aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda 
taqsimlanadi. Ustav kapitalining oshirilishi natijasida ko‘paytirish 
summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi 



98 - 
ta’minlanmaydigan bo‘lsa, jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirishga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 
Aksiyalarning nominal qiymati besh ming so‘mdan ortiq bo‘lishi 
mumkin emas. 
Aksiyalarini joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash pul va 
boshqa to‘lov vositalari, mol-mulk, shuningdek, pulda ifodalanadigan 
bahoga ega bo‘lgan huquqlar (shu jumladan, mulkiy huquqlar) orqali 
amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida uning aksiyalariga 
haq to‘lash tartibi jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis 
shartnomasida yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarga haq to‘lash esa, ularni chiqarish to‘g‘risidagi 
qarorda belgilab qo‘yiladi. 
Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalariga ushbu aksiyalarni chiqarish 
to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq 
to‘lanishi lozim. 
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini to‘lash majburiyatini bajarma-
ganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi 
mumkin. 
Jamiyatni ta’sis etishda aksiyalarga to‘lanadigan haq sifatida 
kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalanadigan bahosi muassislar 
o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi. 
Agar jamiyatning puldan o‘zga vositalar bilan haqi to‘lanayotgan 
aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan 
ko‘pni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli 
qog‘ozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda 
ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan chiqarilishi zarur. 
Aksiyadorlik jamiyatlari ustavida nazarda tutilgan, ammo uning 
ustav kapitalining o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira 
fondi tashkil etiladi. Zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan 
miqdorga yetguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar 
orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat 
ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida 
belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan 



99 - 
kam bo‘lmasligi kerak. Zaxira fondi boshqa mablag‘lar mavjud 
bo‘lmagan holatda aksiyadorlik jamiyati zararlari o‘rnini qoplash, 
korporativ obligatsiyalarni muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar 
bo‘yicha dividendlar to‘lash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib 
olish uchun mo‘ljallanadi. Zaxira fondidan boshqa maqsadlar uchun 
foydalanish mumkin emas. 
Investitsiyaga talabdan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jami-
yatlari ochiq yoki yopiq tartibda qoʻshimcha aksiyalarni 
joylashtirishni amalga oshirishlari mumkin.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin