Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qolgan foydani taqsimlash



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

7. Aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qolgan foydani taqsimlash 
vakolati qaysi organga biriktirilgan? 
a) aksiyadorlar umumiy yigʻilishi; 
b) davlat raqobat qoʻmitasi; 
d) kuzatuv kengashi; 



102 - 
e) moliyaviy menejerlar. 
8. Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish qisqacha 
qanday ataladi? 
a) IPO; 
b) APO; 
c) LIFO; 
d) FIFO; 
9. AQSHda yuqori texnologiyali kompaniyalar aksiyalari 
kotirovkasini avtomatik tizim asosida aniqlashga ixtisoslashgan
tashkilot nomi? 
a) NASDAQ; 
b) FOREX; 
c) STANDART &POORS; 
d) NYSE. 
10. Aksiyadorlik tijorat banklari uchun ustav kapitali 
minimal miqdori toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
a) 100 milliard soʻm; 
b) 10 million dollar soʻm ekvivalentida; 
c) 5 million yevro soʻm ekvivalentida; 
d) 5 million dollar soʻm ekvivalentida. 



103 - 
 
VII BOB. KORPORATIV MOLIYAVIY
REJALASHTIRISH 
 
7.1. Korporativ moliyaviy rejalashtirishning
nazariy jihatlari 
Korporativ moliyada moliyaviy rejalashtirish moliyaviy menejer 
oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Aynan faoliyatga bogʻliq 
har bir jihatning toʻgʻri rejalashtirilishi korporativ tuzilma 
samaradorligiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Shundan kelib chiqqan holda 
mazkur paragrafda moliyaviy rejalashtirish xususida toʻxtalib oʻtamiz. 
Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarish 
tizimining ajralmas qismi sifatida korxona moliyaviy-xoʻjalik
faoliyatiga doir qaror qabul qilish asoslarini ta’minlaydi. Moliyaviy 
rejalashtirishning korxonalar faoliyati uchun alohida dolzarbligi 
shundaki, u keskin raqobat sharoitida uzluksiz rivojlanish yoʻlini 
belgilab beradi. Moliyaviy rejalashtirishning notoʻgʻri tashkil etilishi 
bir tomondan bozorning ma’lum bir mahsulotga nisbatan toʻyinishi, 
ikkinchi tomondan esa boshqa bir mahsulotga nisbatan 
taqchillikning yuzaga kelishiga olib keladi. Natijada esa bozor 
muvozanati buziladi. “Bozor uchun eng maqbul holat talab va taklif 
oʻrtasidagi muvozanatning ta’minlanishidir. Shundagina iqtisodiyot 
bir maromda rivojlanadi”.
15
Moliyaviy rejalashtirish resurslardan 
samarali va toʻgʻri foydalanish orqali bozor muvozanatini 
ta’minlashga xizmat qiladi.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy menejerlar va 
boshqa mutaxassislar tomonidan aniq moliyaviy mexanizmlar ishlab 
chiqilishi, ishlab chiqilgan mexanizmlarni amalga oshirish uchun 
qarorlar qabul qilinishini koʻrish mumkin. Umuman moliyaviy 
15
Oʻlmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.: Sharq, 2006, 256 b. 



104 - 
rejalashtirish 
koʻrsatkichlar 
tizimiga 
asoslangan 
moliyaviy 
boshqaruvda qoʻllaniladigan asosiy bosqichlardan hisoblanadi.
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
korxonalarda 
moliyaviy 
rejalashtirish buyruq elementi sifatida ifodalanmaydi. Aksincha, uning 
maqsadi – xoʻjalik faoliyati muvaffaqiyati uchun optimal 
imkoniyatlarni ta’minlash, buning uchun zarur mablagʻlarni jalb 
qilish, korxonaning raqobatbardoshligi va foydaliligiga erishish, 
shuningdek, korxonaning daromad va xarajatlarini, pul mablagʻlari 
harakatini rejalashtirishdir. Bundan koʻrinib turibdiki, moliyaviy 
rejalashtirish 
keskin 
raqobat 
sharoitida 
xoʻjalik 
subyekti 
raqobatbardoshligi va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida pul 
mablagʻlari harakatini, ya’ni daromad va xarajatlarni toʻgʻri tashkil 
etishga qaratilgan faoliyatdir. 
Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarishda muhim 
va dastlabki bosqich sifatida koʻzga tashlanadi. Bu jarayonni 
korporativ boshqaruvda moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoni bilan 
izohlash mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yuzaga kelgan ma’lum bir 
tanazzul moliyaviy globallashuv va iqtisodiy integratsiyalashuv tufayli 
butun dunyo iqtisodiyotiga ta’sir koʻrsatishini moliyaviy-iqtisodiy 
inqiroz holatlari koʻrsatib turibdi. Shundan kelib chiqqan holda bugungi 
globallashuv va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv sharoitida 
moliyaviy rejalashtirish jarayoni nafaqat moliyaviy resurslar harakatini 
toʻgʻri tashkil etish, shu bilan birga, rejalashtirish asosida ishlab 
chiqilgan mexanizmlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi 
mumkin boʻlgan har qanday kutilmagan holatlarni koʻra bilish va 
baholay olishni ham oʻz ichiga olishi lozim. Bunda asosiy e’tibor 
korxonalar faoliyati davomida yuzaga kelishi hamda moliyaviy-xoʻjalik 
faoliyatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarga ham 
qaratilishi maqsadga muvofiq. Shundan kelib chiqqan holda bugungi 
kunda moliyaviy rejalashtirish haqida soʻz yuritilganda aynan moliyaviy 
risklarni kamaytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, 
moliyaviy rejalashtirish avvalo takror ishlab chiqarish jarayonini pul 
bilan ta’minlashga xizmat qilishini unutmaslik lozim. Mutaxassislarning 



105 - 
fikricha, rejalashtirishning sifati xoʻjalik subyekti muvaffaqiyatli faoliyat 
yuritishining muhim omillaridan biri sifatida koʻzga tashlanadi va 
rejalashtirish tizimidagi kamchilik uning imkoniyatlarini 20-30%ga 
pasaytirishi mumkin. 
Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy rejalashtirishdan 
asosiy maqsad ham takror ishlab chiqarishni moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlashni samarali tashkil etish, ham moliyaviy resurslardan foyda-
lanish samaradorligini oshirishdir. Bunda rejalashtirish jarayonida 
tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilgan kapital daromadliligini oshirish 
orqali firma barqarorligini ta’minlash, shuningdek, risklarni 
kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadidan kelib chiqqan 
holda uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash 
maqsadga muvofiq: 
- operativ (xoʻjalik), investitsion va moliyaviy faoliyatlarni zarur 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash; 
- pul mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga korxonaning 
foydasini oshirish maqsadida ichki zaxiralarni qidirib topish; 
- kapitalni samarali joylashtirish yoʻllarini aniqlash, undan 
oqilona va samarali foydalanishni baholash; 
- byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli fondlar bilan oʻzaro 
moliyaviy munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish; 
- hamkorlar bilan qisqa muddat ichida samaradorlik jihatdan 
yuqori moliyaviy munosabatlarni oʻrnatish; 
- rejalashtirilgan daromadlar va xarajatlar real balansliligini 
ta’minlash maqsadida korxonaning moliyaviy barqarorlik koʻrsatkich-
lari, toʻlovga layoqatliligi ustidan ichki nazorat tartibini belgilash.
Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalaridan 
kelib chiqqan holda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida 
xoʻjalik yurituvchi subyektlar miqyosida moliyaviy rejalashtirish 
quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq: 
- xoʻjalik subyekti taraqqiyotining asosiy tendensiyalarini 
belgilash va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; 
- keskin raqobat sharoitida inqiroz (bankrotlik) holatlari oldini 



106 - 
olish va moliyaviy risklarni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni 
belgilash; 
- xoʻjalik subyekti miqyosida strategik, joriy va operativ 
moliyaviy rejalashtirishni yoʻlga qoʻyish va rejalashtirilgan 
koʻrsatkichlarga erishish texnologiyalarini ishlab chiqish; 
- investitsiyalarning ahamiyatidan kelib chiqqan holda xoʻjalik sub-
yektiga investitsiyalar jalb qilish yoki xoʻjalik subyektining mablagʻ-
larini investitsion faoliyatga yoʻnaltirish boʻyicha chora-tadbirlar belgi-
lash. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy rejalashtirish xoʻjalik 
subyektlarida maqsadni aniq belgilashga, oldinga qoʻyilgan maqsadga 
erishishga toʻsqinlik qiluvchi moliyaviy risklarni aniqlash va ularni 
kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilashga, eng asosiysi bozor 
muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan 
holda korxonalarda moliyaviy rejalashtirishning nazariy hamda amaliy 
masalalarini chuqurroq oʻrganish talab etiladi
16


Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin